One UI 5.0 ommaviy sinovga chiqarildi!

One UI 5.0 ommaviy sinovga chiqarildi!

Samsung muxlislari uzoq kutgan vaqt keldi. Kompaniya, vanihoyat, o'zining Galaxy S22 seriyasidagi smartfonlari uchun Android 13 ga asoslangan One UI 5.0 qobig'ining ommaviy sinov versiyasini Janubiy Koreya, Germaniya hududlarida chiqardi. XDA yangilanish o'z ichiga olgan asosiy o'zgarishlar bilan ulashdi.

Vidjetlar to'plami

Endi siz asosiy ekranda bittada bir nechta vidjetlarni joylashtira olasiz. Buni amalga oshirish uchun, mavjud vidjetni ushlab turish, ochilgan kontekst menyudan "Vidjet qo'shish"ni tanlash kerak. Siz to'plangan vidjetlarning biridan-biriga svayp qilib o'tishingiz mumkin. 

Yangi Material You ranglari

Android 12 bilan fon rasmiga moslashuvchan ranglar xususiyati qo'shilgan edi. Endilikda Android 13 bilan ushbu funksiya yanada rivojlangan: yanada ko'proq ranglar to'plami va tizim ilovasi bo'lmagan va Material You'ni qo'llab-quvvatlovchi boshqa ilovalarning ham ranglari o'zgarishi.

Marxfiylik markazi

Xavfsizlik va maxfiylik bo'limi One UI 5.0 da katta yangilanishni qabul qilgan. Endi siz xavfsizlikka oid barcha sozlamalarga faqat bitta joydan kirishingiz va chiroyli, tartiblangan bo'limdan o'z smartfoningiz xavfsizlik holatini yanada oson tushinib olishingiz mumkin.

Ruxsat so'rovi oynasi

Yangi ilova o'rnatganingiz u sizdan telefoningizdagi narsalar uchun ruxsat so'raydi, masalan, kamera, mikrofon, kontaktlar va boshqalar. Ushbu ruxsat so'rash oynasi ham biroz dizayn o'zgarishiga uchragan: endilikda har bir tugma rangli quti ichida alohida bo'lib ajralib turadi va bu qulaylikni oshiradi. 

Bildirishnomalar o'zgarishi

One UI 5.0 bilan bildirishnomalar ham kichik o'zgarishlarni qabul qilgan. Chap tomondagi bildirishnoma ikonkalari kattalashgan va "Bildirishnoma sozlamalari", "Tozalash" tugmalari yanada aniqlik uchun quti ichiga olingan.

Belgilarni optik aniqlash (OCR)

Sezilarli o'zgarishlarning yana biri shuki, endi siz OCR (optical character recognition, o'zbekchasiga "belgilarni optik aniqlash") funksiyasi bilan suratlardan matnlarni ajratib olishingiz mumkin. Undan foydalanish uchun: galareyangizdagi matnni o'z ichiga olgan istalgan suratni oching va pastki o'ng burchakdagi "T" belgili tugmaga bosing. Shunday keyin, siz ajratilgan matndan nusxa olishingiz yoki ulashishingiz mumkin.

Qizig'i shundaki, siz bu funksiyasidan istalgan joyda foydalanishingiz mumkin. Masalan, Google'ni oching va qidiruv maydoniga bosib turing. Ochilgan kontekst menyudan "Extract text" ("Matnni chiqarib olish) tugmasiga bosing. Sizga kamera ilovasi ochiladi va u bilan siz istalgan joydagi matnni ajratib olishingiz va uni qidiruvga berishingiz mumkin. Aytilganidek, siz bundan nafaqat Google, balki, istalgan ilova ichida foydalana olasiz.

Yangi imo-ishoralar

Samsung yangi proshivkaga ikkita yangi imo-ishorlarni qo'shgan va ular sizga bir vaqtning o'zida bir nechta vazifalarni bajarish imkonini beradi. Birinchisi, joriy oynani qalqib turuvchi ko'rinishga keltirish uchun yuqori burchakdan svayp qilish bo'lsa, ikkinchisi, ajratilgan ekran hosil qilish uchun ikki barmoq bilan svayp qilish xususiyatidir. 

Qo'ng'iroqlar vaqtida eslatma xat yozish

Qo'ng'iroq vaqtida aytilgan raqamni yozib olish uchun ruchka va qog'oz qidirib qolish holati ko'pchilikka tanish. Samsung endilikda bu muammoga ajoyib yechim topibdi: endi siz qo'ng'roq vaqtida eslatma xat yozib olishingiz mumkin va u "Falonchi bilan qo'ng'iroq" (bunda "falonchi" kontakt nomi) kabi saqlanib qoladi. 

Kameraning Pro rejimida yordamchilar

Agar kamerangizda linzalar nimalar qila olishini bilmasangiz, One UI 5.0 bilan kamerani oching va Pro rejimga o'ting. U yerda siz kamera linzalarining biridan boshqasiga o'tishingiz va ularning nima qila olishi haqidagi yordamchi matnni o'qishingiz mumkin.

One UI 5.0 shu va boshqa kichik o'zgarishlarni o'z ichiga oladi. Garchi bu juda katta yangilanishga o'xshamasa ham, u belgilarni optik aniqlash kabi kerakli xususiyatlar bilan keladi.

Keyingi hafta o'tkazilishi rejalashtirilgan Galaxy Unpacked taqdimotida Samsung kompaniyasi One UI 5.0 ni rasman taqdim qilishi va undagi yangi funksiyalar haqida batafsil ma'lumotlar berishi kutilmoqda.

O'QING: Samsung smartfonlari seriyasi Galaxy S, M, A va Note modellari bir-biridan qanday farqlanadi?