One UI 5.0 qanday xususiyatlarga ega bo'ladi?

One UI 5.0 qanday xususiyatlarga ega bo'ladi?

Samsung tez orada o'z smartfonlari uchun One UI qobig'ining Android 13 ga asoslangan beshinchi katta versiyasini ommaviy sinovdan o'tkazishni boshlashi yaqinda ma'lum bo'lgan edi. Endilikda 9to5Google nashrining xabar berishicha, ular Galaxy S22 uchun One UI 5.0 beta versiyasining ichki sinov jarayonlarida qatnashishga muvaffaq bo'lishgan va yangi versiyaning hozirgi One UI 4 bilan taqqoslagan holda yangi xususiyatlarini topishgan.

One UI 5.0 dagi bildirishnomalar ko'rinishi

Ma'lum bo'lishicha, One UI 5.0 da bildirishnomalar kichik dizayn o'zgarishi va yangi ikonkalarga ega bo'lgan.

One UI 5.0 da ruxsat so'rash oynasi

Yana bir sezilarli o'zgarishlardan biri shundaki, endi Samsung ham Google kabi ruxsat so'rash oynalarini pastdan emas, balki, ekran o'rtasida chiqaradi va tugmalar belgilangan ranglarga ega bo'ladi.

One UI 5.0 da OCR funksiyasining ishlashi

Samsung smartfonlari ham endi One UI 5 bilan OCR ("Optical Character Recognition" ya'ni optik belgilarni aniqlash) xususiyatiga ega bo'ladi. Bu esa foydalanuvchilarga rasmlardan harflarni ajratish va klaviaturaga nusxalash imkonini beradi.

One UI 5.0 da "Xavfsizlik va Maxfiylik" sahifasi

Shuningdek, kompaniya "Xavsizlik va Maxfiylik" dizaynini ham yangilangan. Ekran qulfi, foydalanuvchi akkauntlari, telefonni qidirish, ilovalar xavfsizligi, Google Play tizimi yangiliklari va boshqa maxfiylik funksiyalarining barchasi ushbu oynada ko'rsatiladi.

Qo'shimchasiga Labs bo'limiga ikkita yangi ishoralar ham qo'shilgan: ekranni ikkiga bo'lish uchun ikki barmog'ingiz bilan pastdan yuqoriga svayp qiling yoki qalqib chiquvchi oyna hosil qilish uchun ekranning yuqori o'ng burchagidan ichkariga svayp qiling.

Bulardan tashqari quyidagi kichik o'zgarishlar ham mavjud:

  • Samsung Notes'da hamkorlik;
  • Ayni vaqtdagi aktiv ilovalarni ko'rsatish;
  • Sozlamalardagi telefon haqidagi sahifaning qurilma suratini ko'rsatishi;
  • Yaqindagi qurilmalarning aniq joylashuvini topish uchun UWB sozlamasi;

Shunday qilib, One UI 5.0 unchalik katta o'zgarishlarga ega emas, lekin bir qancha kichik yaxshilanishlar mavjud. Samsung bu safar yangi versiyasi sinovini bir necha oy oldindan boshlaganini hisobga olsak, demak barqaror versiyasi ham shuncha vaqt oldin chiqariladi.

O'QING: Xiaomi 12 Lite tez orada taqdim etilishi kutilmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.