One UI 5.1 qanday yangiliklarni o'z ichiga olishi ma'lum bo'ldi

One UI 5.1 qanday yangiliklarni o'z ichiga olishi ma'lum bo'ldi

Samsung kompaniyasi o'zining Galaxy S23 smartfonlarini Android 13 ga asoslangan One UI 5'ning yangi versiyasi One UI 5.1 bilan chiqarilishi kutilmoqda. Bo'lajak flagmanlar taqdim qilinishiga ham atigi bir necha kun qolganda yangi One UI versiyasining to'liq xususiyatlari oshkor bo'ldi (SamMobile orqali).

Germaniyaning WinFuture nashri tomonidan ulashilgan One UI 5.1 o'zgarishlar ro'yxatiga ko'ra, yangi versiyasi yaxshilangan ichki ilovalar, Galareyada oilaviy albomlarni ulashish, kamera ilovasida Expert RAW'ga oson o'tish, yaxshilangan AR Emoji'lar va AR Zone, yangi batareya vidjeti, Samsung Notes hamkorligi, ko'p qurilmalarni boshqarish va Samsung DeX uchun yaxshilanishlarni o'z ichiga oladi.

Quyida One UI 5.1'dagi to'liq o'zgarishlar bilan tanishishingiz mumkin:

Kamera

  • Selfi uchun tusni o'zgartirish osonlashdi: ekran yonidagi Effektlar tugmasi yordamida selfi tusini osongina o'zgartiring.
  • Expert RAW'ga tezkor kirish: Expert RAW ilovasi hech qanday ishlovlarsiz yoki siqilishsiz yuqori sifatli tasvirlarni olish imkonini beradi, bu esa o'z suratlarini keyinroq tahrirlashni xohlaydiganlar uchun juda mos keladi. Advanced menyusi orqali Expert RAW'ga kirish endi yanada osonroq.

Galereya

  • Umumiy oilaviy albom: "Ulashilgan Oilaviy Albom" bilan rasmlarni oilangiz bilan baham ko'rish har qachongidan ham osonroq. Galereya oila a'zolaringizning yuzlarini tanib, ulashilgan oilaviy albomingizga suratlar qo'shishni tavsiya qiladi. Shuningdek, har bir oila a'zosi uchun 5 Gb xotiraga ega bo'lasiz (6 kishigacha).
  • Suratga ishlov berishning yaxshilanganligi: Ishlov berish funksiyasi fotosuratlaringiz ajoyib ko'rinishi uchun soyalar va ko'zgularni avtomatik ravishda olib tashlaydi. Shuningdek, yanada aniqlik va ravshanlik uchun GIF'larni qayta yaratishingiz ham mumkin.
  • Qulay ma'lumot displeyi: Agar siz galereyangizdagi rasm yoki videoni ko'rayotganda ekranni barmog'ingiz bilan yuqoriga sursangiz, rasm qachon, qayerda, qaysi qurilmada olingaligini va qayerda turganligini va boshqalarni bir qarashda ko'rishingiz mumkin.
  • Qidiruv yanada kuchliroq bo'ldi: endi siz bir vaqtning o'zida bir nechta odam yoki narsalarni qidirishingiz mumkin. Siz endi hatto odamlarni ismlarini belgilamasdan, faqat yuzlarini bosish orqali ularni qidirishingiz mumkin.
  • Skrinshotlarni saqlash uchun joyni tanlang: Endi siz skrinshotlar va skrinvideolarni Sozlamalardagi "Kengaytirilgan funksiyalar" bo'limida sozlash orqali o'zingiz xohlagan papkaga saqlashingiz mumkin.

AR zonasi va AR emoji

  • AR emoji kamerasida 3 ta emojidan foydalaning: niqob rejimida do'stlaringiz bilan (3 kishigacha) qiziqarli suratlar va videolar oling. Emojini bosish orqali do'stlaringizning yuzlarini boshqa emojilar bilan almashtirishingiz mumkin.
  • AR Doodles'da tartib va tahrirlash yaxshilanishi: Cho'tkalarga tezroq kirish uchun endi ular asosiy AR Doodle ekranida joylashgan. Siz chizmalarni yaratganingizdan so'ng ularning o'lchamini o'zgartirishingiz va ko'chirishingiz mumkin. Yangi o'chirgich vositasi esa chizmalaringizni butunlay emas, balki faqat bir qismini o'chirish imkonini beradi.

Vidjetlar

  • Yangi batareya vidjeti: Yangi batareya vidjeti yordamida siz Galaxy qurilmalaringizning batareya quvvatini tekshira olasiz. Bunda to'g'ridan-to'g'ri bosh ekrandan smartfoningiz, Galaxy Buds, Galaxy Watch va boshqa qo'llab-quvvatlanadigan qurilmalaringiz qancha batareya quvvati qolganini ko'rishingiz mumkin.
  • Intuitiv ob-havo vidjeti: Yangi illyustratsiya va joriy ob-havo sharoiti haqida qisqacha bayonot ob-havo ma'lumotlarini – quyoshli, bulutli, yomg'ir yoki qor yog'ayotganini bilishni osonlashtiradi.

Rejimlar va holatlar

  • Rejimga ko'ra turli fon rasmlari: Joriy faoliyatingizga qarab qulf ekrani va bosh ekranga turli fon rasmlarini o'rnating. Turli rejimlarni o'rnatish orqali ish uchun alohida, sport uchun yana alohida va boshqalarni tanlang.
  • Holatlar uchun qo'shimcha shartlar va harakatlar: Samolyot rejimini yoki mobil ulanish nuqtasini yoqsangiz, skriptlarni avtomatik ravishda ishga tushiring. Skriptlar endi ba'zi ilovalarni ochishi, chap/o'ng audio balansini sozlashi va hokazo amallarni bajarishi mumkin. Yangi amallar endi Quick Share va teginish sezgirligini boshqarish hamda qo'ng'iroq ringtongini va shrift uslubini o'zgartirish imkonini beradi.

Ulanish

  • Samsung Notes'da hamkorlik: Bir vaqtning o'zida bir nechta odam tahrirlashi mumkin bo'lgan umumiy qayd yarating. Hamkasblar bilan hisobot, o'quv guruhi uchun eslatma yozing yoki do'stingiz bilan rasm chizing.
  • Ulashilgan ilovalarga taklif qilish osonlashdi: Endi siz messenjer, elektron pochta va ijtimoiy tarmoqlar kabi ilovalarda ulashilishi mumkin bo'lgan havoladan foydalanib, odamlarni umumiy albomlar, qaydlar va kalendarlarga osongina taklif qilishingiz mumkin.
  • Galaxy Book va smartfon o'rtasida bir nechta kengaytirilgan boshqaruv: Endi siz Galaxy Book'ingizning sichqoncha, klaviatura yoki trekpadidan nafaqat Galaxy planshetingiz, balki Galaxy smartfoningizda ham foydalanishingiz mumkin. Siz endi osongina matndan nusxa ko'chirishingiz va joylashtirishingiz, hamda, tasvirlarni bir qurilmadan boshqasiga sudrab tashlashingiz mumkin, xuddi ular bir qurilma kabi. (1)
  • Wi-Fi orqali ishlaydigan ovoz kuchaytirgichlar uchun media chiqishi: Agar Spotify Connect va ichki o'rnatilgan Chromecast orqali Wi-Fi orqali ishlaydigan karnaylarda musiqa tinglashni davom ettirmoqchi bo'lsangiz, tezkor kirish uchun shunchaki asboblar panelidan media chiqishini oching, musiqa ilovalarini emas. (2)
  • Kompyuterda Internetni kezishda davom eting: Agar siz smartfoningizda Internetga Samsung Internet bilan kirsangiz va foydalansangiz, keyin esa buni shaxsiy kompyuteringizda davom ettirsangiz, smartfoningizda ochgan veb-saytlarni kompyuteringizda ham topishingiz va ko'rishni davom ettirishingiz mumkin. (3)

Samsung DeX

  • DeX'da ko'p amallarni bajarish yaxshilangan: bo'lingan ekran rejimida endi ikkala oynaning o'lchamini qayta o'zgartirish uchun ajratgichni ekranning o'rtasiga sudrashingiz mumkin. Bundan tashqari, oyna burchaklaridan birini tezkor sursangiz, u ekranning chorak qismini egallaydi.

Sozlamalar

  • Sozlamalar bo'yicha takliflar: Endi sozlamalar ekranining yuqori qismida sinash uchun foydali funksiyalar yoki e'tiboringizni talab qiladigan sozlamalar haqida ma'lumot beradigan tavsiyalar ko'rsatiladi, shunda siz ularni darhol yoqishingiz yoki sinab ko'rishingiz mumkin.

Samsung Internet

  • Yaxshilangan qidiruv: Endi siz xatcho'plardagi jild nomi yoki tablardagi guruh nomi bo'yicha qidiruv amalga oshirishingiz mumkin. Yaxshilangan qidiruv logikasi esa biror narsa noto'g'ri yozilgan bo'lsa ham, qidirayotgan narsangizni topishga imkon beradi.

O'rnatish ustasi

  • Yangi Galaxy'ni tezroq va osonroq boshlang'ich sozlash: Agar siz Galaxy yoki boshqa Android qurilmasidan yangi Galaxy'ga o'tayotgan bo'lsangiz, hech narsa yozmasdan o'tish uchun eski qurilmangizdagi QR-kodni skanerlang va Wi-Fi tarmoqlari, Samsung va Google akkaunlarini yangi qurilmaga avtomatik ravishda o'tkazing. (4)

Ob-havo

  • Bir qarashda ob-havo haqida to'liq ma'lumot: Foydali ob-havo ma'lumotlari endi ob-havo ilovasining asosiy ekranida ko'rsatiladi. Endi siz jiddiy ob-havo ogohlantirishlari, kunlik ob-havo hisobotlari, soatlik yog'ingarchilik va rang harorati jadvallarini tekshirishingiz mumkin.

Qo'ng'iroqlar

  • Bixby matnli qo'ng'irog'i: Qo'ng'iroqlarga avtomatik javob berish va qo'ng'iroq maqsadini bilish uchun Bixby matnli qo'ng'irog'idan foydalaning. Siz qo'ng'iroq qiluvchining matnli chatda nima deyayotganini ko'rasiz va qo'ng'iroq qiluvchiga ovoz chiqarib o'qishi uchun javoblarni bosishingiz yoki yozishingiz mumkin. Bixby matnli qo'ng'iroqlari faqat ingliz va koreys tillarida mavjud.

Izohlar:

(1) Multicontroller faqat ayrim Galaxy telefonlarida, Galaxy Tabs va Galaxy Book qurilmalarida mavjud. U One UI 4.1 yoki undan keyingi versiyali planshetlarda, One UI 5.1 yoki undan keyingi versiyali telefonlarda va 2021-yil yoki undan keyin Samsung v1.5 (Intel) yoki Samsung Settings v3.3 (ARM) bilan chiqarilgan chiqarilgan Galaxy Book seriyasida ishlaydi. Funksiyaning mavjudligi qurilma modeliga qarab farq qilishi mumkin.

(2) Wi-Fi orqali ishlaydigan karnayni ulashdan oldin uni sozlash kerak. Ichki o'rnatilgan Chromecast — Google LLC kompaniyasining savdo belgisidir.

(3) Bu funksiya Windows 20H1 yoki undan keyingi versiyada ishlovchi kompyuterni talab qiladi va telefon aloqasi va Windows ulanishi so'nggi versiyaga yangilanishi kerak.

(4) BLE texnologiyasi bilan faqat Galaxy S23 va undan yuqori seriyalar uchun mavjud.

O'QING: Apple iOS 16.3 talqinini taqdim etdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!