One UI 5.1 versiyasini qaysi Galaxy smartfonlari qabul qiladi? (ro'yxat)

One UI 5.1 versiyasini qaysi Galaxy smartfonlari qabul qiladi? (ro'yxat)

Samsung kompaniyasining One UI 5.1 operatsion tizimi versiyasi tez kunda chiqarilishi kutilmoqda. Albatta, yangilanish Galaxy S23 smartfonlariga ichki o'rnatilgan holda keladi. Qolgan Galaxy'larchi? Internetda One UI 5.1'ning rasmiy sahifasi skrinshotlari paydo bo'ldi va ulardan qaysi Galaxy smartfonlari yangilanishni birinchilardan bo'lib olishi ma'lum bo'ldi.

Ma'lum bo'lishicha, One UI 5.1 yangilanishi rasman quyidagi modeldagi Galaxy smatfonlariga birinchi bo'lib yetib boradi:

  • Galaxy Z Fold 4;
  • Galaxy Z Fold 3;
  • Galaxy Z Fold 2;
  • Galaxy S21 Ultra;
  • Galaxy S20 Ultra;
  • Galaxy Note 20 Ultra;

Shuningdek, One UI 5.1 rasmiy sahifasiga ko'ra, yangilanish telefoto kamerali Galaxy smartfonlari uchun ham mavjud bo'ladi.

One UI 5.1 yangilanishi yaxshilangan ichki ilovalar, Galareyada oilaviy albomlarni ulashish, kamera ilovasida Expert RAW'ga oson o‘tish, yaxshilangan AR Emoji'lar va AR Zone, yangi batareya vidjeti, Samsung Notes hamkorligi, ko‘p qurilmalarni boshqarish va Samsung DeX uchun yaxshilanishlarni o‘z ichiga oladi.

O'QING: One UI 5.1 qanday yangiliklarni o‘z ichiga olishi ma’lum bo‘ldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!