One UI 5.1 yangilanishini qabul qiladigan smartfonlar ro'yxati ma'lum bo'ldi

One UI 5.1 yangilanishini qabul qiladigan smartfonlar ro'yxati ma'lum bo'ldi

Samsung kompaniyasi o'zining Galaxy smartfonlari uchun Android 13'ga asoslangan One UI 5 yangilanishini allaqachon juda katta tezlikda deyarli barcha modellarga yuborib bo'ldi. Endi esa kompaniya One UI 5.1 yangilanishini chiqarishi kutilmoqda.

Ehtimol, One UI 5.1 yangilanishini 1-fevral kuni Galaxy S23 smartfonlari bilan birga debyut qiladi. Shundan so'ng esa quyidagi smartfonlar uni qabul qilishni boshlaydi:

  • Galaxy S22
  • Galaxy S22+
  • Galaxy S22 Ultra
  • Galaxy S21
  • Galaxy S21+
  • Galaxy S21 Ultra
  • Galaxy S21 FE
  • Galaxy Z Flip 5G
  • Galaxy Z Flip 3
  • Galaxy Z Flip 4
  • Galaxy Z Fold 2
  • Galaxy Z Fold 3
  • Galaxy Z Fold 4

Qurilmalar ro'yxati Samsung tomonidan rasman tasdiqlangan, qisman, albatta. Gap shundaki, Galaxy Watch 5 uchun chiqarilgan so'nggi yangilanishning o'zgarishlar haqidagi sahifasida aqlli soatdagi yangi Camera Controller funksiyasi One UI 5.1 versiyasini talab qilishi ma'lum bo'lgan. Aytish kerakki, bu funksiya soatga unga ulangan smartfonning kamerasini boshqarish imkonini beradi. Qayd etilishicha, One UI 5.1 yangilanishi Galaxy S20 va Galaxy Z Flip flagmanlaridan keyin chiqarilgan modellar uchun mavjud bo'ladi.

Yangi Camera Controller xususiyati qo‘shildi

  • Telefoningiz kamerasidagi masshtabni masofadan turib ekranda barmoqlarni birlashtirish yoki uzoqlashtirish yoki ramkani aylantirish orqali o‘zgartiring.

*Bu xususiyat faqat kamida One UI 5.1 bilan ishlaydigan Samsung Galaxy S20 yoki Z Flip'dan keyin chiqarilgan flagman modellarda qo'llab-quvvatlanadi.

Avvalroq, Samsung kompaniyasi yangi One UI versiyasini Galaxy A73 va A53 smartfonlari bilan birga sinovdan o'tkazayotgani ma'lum bo'lgan edi. Shunday ekan ushbu modellar ham yuqoridagilar bilan birga One UI 5.1 yangilanishini qabul qilishi ehtimoli yo'q emas. Afsuski, yangilanish qanday o'zgarishlarni o'z ichiga olishi hozircha noma'lum.

O'QING: Galaxy S23 smartfonlarini ushbu manzillarda sinab ko‘rishiningiz mumkin bo‘ladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!