One UI 6 yangilanishi Galaxy'larga uzoq kutilgan funksiyani beradi

One UI 6 yangilanishi Galaxy'larga uzoq kutilgan funksiyani beradi

Samsung o'zining Galaxy'lari uchun One UI 5 yangilanishini o'zi tarqatishni boshladi. Endigi navbat One UI 6 versiyasiga.

Xyeson (Sally) Jeong, Samsung Electronics vitse-prezidentining Android Authority'ga bergan intervyusiga ko'ra, Janubiy Koreya kompaniyasi navbatdagi One UI versiyasi bilan yangilanishlarni smartfonga uzluksiz o'rnatish funksiyasini taqdim qilish niyatida. Bunda smartfonga dasturiy ta'minot yangilanishlari orqa fonda, smartfondan foydalanayotgan vaqtingizda ham o'rnatilaveradi va qurilmani bir marta tezkor o'chirib yoqqaningizdan keyin u yangi versiyada bo'ladi.

Aytish kerakki, hozirda Galaxy smartfonlari dasturiy ta'minot yangilanishini o'rnatish uchun smartfonni o'chiq holda bo'lishini talab qiladi, yoxud yangilanish o'rnatilayotgan paytda siz smartfoningizdan 10-20 daqiqacha foydalana olmaysiz.

O'QING: One UI 5 yangilanishi rasman ushbu mamlakatlarda tarqatilmoqda

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!