OnePlus 10 seriyasining renderlari hamda texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

OnePlus 10 seriyasining renderlari hamda texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

OnePlus kompaniyasi T seriyasidagi flagmanlarni bu yil taqdim etmasligini rasman e’lon qildi. Endi bor etibor OnePlus 10 seriyasiga qaratiladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, OnePlus 10 seriyasi kelasi yilning yanvar yoki fevral oyida taqdim etiladi. 

So‘nggi xabarlarda OnePlus 10 Pro'ning renderlari hamda texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi. Manbaning takidlashicha, kompaniya smartfonning dizayn loyihasini yakunlagan. Qurilmaning orqa panelida noodatiy joylashgan kameralar modulini ko‘rishimiz mumkin. 

Shuningdek, Pro model 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lib, uni 125 vattda quvvatlash mumkin. 0% dan 100% gacha quvvat to‘plash uchun smartfon bor yo‘g‘i  20 daqiqa vaqt sarflaydi. Qurilma qora, oq, ko‘k ranglarda sotuvga chiqadi. 

O‘QING: Xiaomi kameralar ishlab chiqaruvchi mashxur kompaniya bilan hamkorlik qiladi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!