OnePlus 10 Pro jonli suratlarda

OnePlus 10 Pro jonli suratlarda

Internetda OnePlus 10 Pro smartfoni aks etgan surat tarqaldi. Suratdan ko‘rinib turibdiki, smartfon orqa panelida katta kamera moduli joylashgan bo‘lib, undan uchta kamera hamda LED chirog‘i o‘rin olgan. 

Qurilma 3216x1440 piksel rezolyutsiyadagi 6.7 dyuymli AMOLED displeyga ega bo‘lib, u 120Hz ekan yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, smartfon 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, uni 125 vattda quvvatlash mumkin. 

Qurilma NFC moduli hamda IP68 standartiga ega. 

OnePlus 10 Pro kamerasi 120x zumni qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, smartfon Sony kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan IMX899 sensori hamda f/1 diafragma linzasiga ega. Avval hech qaysi smartfonda bunday diafragmadagi linza bo‘lmagan edi. Bu yil ham OnePlus kameralarni ishlab chiqishda Hasselblad kompaniyasi bilan hamkorlik qilgan. 

O‘QING: Chizmalar Xiaomi 12 Ultra qanday dizaynda bo‘lishini ko‘rsatib berdi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!