OnePlus 10 Pro'ning texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

OnePlus 10 Pro'ning texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Bir hafta oldin OnePlus 10 Pro smartfonining renderlari e’lon qilingan edi. Endi esa OnLeaks va 91Mobiles insayderlari smartfonning texnik jihatlari haqida ma’lumotlarni oshkor qildi. 

Unga ko‘ra, qurilma 6.7 dyuymli QHD+ 120Hz AMOLED displeyi, Snapdragon 8 Gen 1 (Snapdragon 898) chipi, 8/12GB LPDDR5 tezkor xotira hamda 128/256GB UFS 3.1 doimiy xotiraga ega bo‘ladi. 

Kamera haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, smartfon 48MP asosiy kamera, 50MP ultrakeng kamera, 3.3x zumni qo‘llab-quvvatlovchi 8MP telefoto kamera hamda 32MP selfi kamera bilan jihozlanadi. 

OnePlus 10 Pro smartfoni 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi. Hozircha uning qanday tezlikda quvvat olishi noma’lum. Qurilmada IP68 standarti mavjud bo‘lib, u smartfonni suv va changdan himoya qiladi. 

Mish-mishlarga ko‘ra, OnePlus 10 seriyasi Xitoyda yanvar oyining oxirida sotuvga chiqadi. Xalqaro bozorda esa smartfonlar aprel oyidan sotila boshlaydi. 

O‘QING: Galaxy A13 5G'ning dizayni va texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!