OnePlus 10 Pro taqdim etildi

OnePlus 10 Pro taqdim etildi

Bugun OnePlus 10 Pro smartfoni Xitoyda rasman taqdim etildi. Avvalgi OnePlus 9 Pro bilan taqqoslasak yangi smartfonda katta o‘zgarishkar sodir bo‘lgan. Bunga Snapdragon 8 Gen1 chipi, yanada tezkor quvvatlash texnologiyasi, adaptiv ekran yangilanish chastotasida ishlovchi ikkinchi avlod LTPO displeyi misol bo‘la oladi. 

O‘QING: iQOO 9 va iQOO 9 Pro smartfonlari taqdim etildi 

Smartfon 6.7 dyuymli LTPO 2.0 AMOLED displeyi bilan jihozlangan bo‘lib, uning rezolyutsiyasi 1440 pikselni tashkil etadi. Displey 1-120Hz adaptiv chastotasda ishlashi sababli quvvat samaradorligini anchaga oshiradi. 

Qurilma ichidagi Snapdragon 8 Gen1 chipi 8/12GB LPDDR5 tezkor xotira va 128/256GB UFS 3.1 doimiy xotira bilan birga ishlaydi. 

Kameralar haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, bu yil ham OnePlus kameralarni ishlab chiqarishda Hasselblad kompaniyasi bilan hamkorlik qilgan. Demak, OnePlus 10 Pro modeliga 1/1.43 dyuym hajmdagi hamda 1.12μm mikron piksel kattalikdagi 48MP Sony IMX89 sensori asosiy kamera sifatida o‘rnatilgan. 

Shuningdek, kamera modulidan 50MP Samsung JN1 ultrakeng kamerasi hamda 3.3x optik zumni qo‘llab-quvvatlovchi 8MP telefoto kamera o‘rin olgan. Smartfonga f/2.4 diafragmadagi 32MP Sony IMX615 sensori selfi kamera sifatida o‘rnatilgan. 

Hasselblad bilan hamkorlikda Natural Color Optimisation 2.0 (tabiiy rang Optimizatsiyasi) rejimi ishlab chiqildi. Bu orqali yanada tabiiy rangdagi suratlarni olish mumkin. 

OnePlus 10 Pro smartfoni Android 12 operatsion tizimiga asoslangan ColorOS 12.1 grafik qobig‘ida ishlaydi. Uning global versiyasi esa OxygenOS tizimida ishlashi kutilmoqda. 

Taqdimotda kompaniya 20 daqiqa Hyperboost nomdagi funksiya haqida so‘z yuritdi. Ushbu funksiya o‘yin o‘ynash uchun apparat ta’minotning ishlashini tezlashtiradi, ya’ni sozlanmalar orqali CPU ishlash tezligi oshirilib, uning sakkizta yadrosi maksimal tezlikda ishlaydi. 

Qurilmani qizib ketishini oldini olish maqsadida OnePlus sovutish tizimini takomillashtirdi. Endi sovutish tizimi panelining kattaligi taxminan 340 kv.santimetrga oshgan. 

Smartfonga 80 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan. OnePlus 9 Pro bilan taqqoslak yangi model 25% tezroq quvvat oladi. Shuningdek, qurilma 50 vattda simsiz zaryad ham olishi mumkin. 

OnePlus 10 Pro qora va yashil ranglarda sotuvga chiqadi. Uning narxi quyidagicha: 

OnePlus 10 Pro (8/128GB) - 737 dollar

OnePlus 10 Pro (12/256GB) - 831 dollar 

Smartfon 13-yanvardan sotuvga chiqariladi. Hozircha kompaniya qurilmaning global versiyasi qachon sotuvga chiqishi haqida hech qanday ma’lumot bermadi. 

O‘QING: Rangini o‘zgartira oladigan vivo V23 va V23 Pro qurilmalari taqdim etildi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!