OnePlus 10 Ultra'ga oid ilk ma’lumotlar sizdirildi

OnePlus 10 Ultra'ga oid ilk ma’lumotlar sizdirildi

OnePlus kompaniyasi OnePlus 10 Ultra flagmanini tayyorlayotgani haqidagi mish-mishlar bir necha kun oldin paydo bo‘lgan edi. 

Endi esa smartfonning sxematik tasvirlari e’lon qilindi. Bu suratlar dastlab Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida paydo bo‘ldi, keyin esa boshqa xalqaro ijtimoiy tarmoqlarga tarqaldi. 

Tasvirlarga asoslanib, OnePlus 10 Ultra modeli OnePlus 10 Pro'ga o‘xshashini aytish mumkin. Pro modeldan farqli o‘laroq Ultra modelining orqa panelida periskop kamera bo‘ladi. OnePlus 10 Pro fokus uzunligi 77 mm bo‘lgan an’anaviy telefoto linzalariga ega, bu esa 3,3x kattalashtirishni ta’minlaydi. 

OnePlus 10 Ultra'dagi periskop kamera kattaroq yaqinlashtirish masshtabiga ega bo‘ladi. Qizig‘i shundaki, xuddi shu modul OnePlus 10 Ultra'ning asosiy raqobatchisi - Xiaomi 12 Ultra'ga ham o‘rnatiladi. Bu modellar taxminan bir vaqtning o‘zida taqdim etiladi. 

Xuddi Pro modelda bo‘lgani kabi Ultra modelda ham 48MP asosiy kamera va 50MP ultrakeng kamera bo‘ladi. 

O‘QING: OnePlus 10 Pro taqdim etildi