OnePlus 11 Pro'ning texnik ko‘rsatkichlari oshkor bo‘ldi

OnePlus 11 Pro'ning texnik ko‘rsatkichlari oshkor bo‘ldi

O‘tgan haftada OnLeaks insayderi OnePlus 11 Pro modelining renderlarini e’lon qilingan edi. Endi ushbu insayder smartfonning texnik ko‘rsatkichlarini oshkor qildi. 

Smartfon Snapdragon 8 Gen2 chipida ishlaydi. Ushbu chip noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Snapdragon sammitida taqdim etiladi. Qurilma Android 13 operatsion tizimiga asoslangan OxygenOS 13 grafik qobig‘ida ishlaydi. Unga 16GB gacha bo‘lgan tezkor hamda 256GB doimiy xotira o‘rnatiladi. Bazaviy model 8/128GB dan boshlanadi. 

Yangi model 120 gerts chastotada ishlovchi QHD+ rezolyutsiyadagi 6.7 dyuymli AMOLED displeyi bilan jihozlanadi. Displeyining yuqori chap burchagidan 16MP selfi kamera o‘rin oladi. OnePlus 10 Pro modeli 32MP selfi kameraga ega ekanligini hisobga olsak, bu texnik jihatdan pasayish hisoblanadi. 

Orqa paneldan 50MP asosiy kamera, 48MP ultrakeng kamera hamda 2x zumga ega 32MP telefoto kamera o‘rin oladi. Kameralar Hasselblad kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqariladi. 

Qurilmaga 100 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatiladi. Ammo 100 vattli quvvlash texnologiyasi Osiyo va Yevropa mintaqalari uchun mo‘ljallangan modellarda bo‘lishi hozircha noma’lum. 

Smartfon ekranosti barmoq izi skaneri bilan jihozlanadi. Shuningdek, u Wi-Fi 6E, Bluetooth 5.2 simsiz bog‘lanishlarni qo‘llab-quvvatlaydi. 

OnePlus 11 Pro modeli 10 Pro modelidan farqli o‘laroq biroz ertaroq taqdim etilishi mumkin. 10 Pro shu yilning yanvar oyida taqdim etilgan edi. 

O‘QING: Galaxy S23 seriyasiga Exynos chiplari o‘rnatilishi mumkin 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.