OnePlus 5 kamerasi iPhone 7 Plus’ga qarshi: kechir, iPhone!

OnePlus 5 kamerasi iPhone 7 Plus’ga qarshi: kechir, iPhone!

Tan olib aytish kerak, iPhone 7 Plus shu kunga qadar jahonning eng zo‘r kamerafonlaridan biri bo‘lib kelgan. Bejizga emas, Apple buning uchun 1000 ga yaqin fotosurat texnologiyasi mutaxassislarini yollagan. Qo‘sh sensorli bosh kameraga ega “aqlli telefon”dagi “Portret” rejimi, ayniqsa diqqatga sazovor. Aftidan,  iPhone 7 Plus “eng yaxshi suratkash” nufuzini bo‘shatib berishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Va, begonaga emas. So‘nggi taqdim qilingan flagmanlardan biri OnePlus 5 unga nafaqat dizayn, balki funksiya va texnologiyalariga ko‘ra ham o‘xshash. Xitoylik kompaniya rahbari yangi flagman fotogrfiya borasidagi ko‘nikmalarini iPhone 7 Plus’dan olganini rasman e’lon qilib, buning Apple’ga minnatdorchilik bildirgan.

iPhone 7 Plus’dan farqli ravishda, OnePlus 5 bosh kamerasining piksellar sig‘imi yuqori: bosh kamera 16 va 20 megapikselli sensorlar birikuvidan iborat. Buning uchun ilg‘or Sony IMX398 hamda Sony IMX350 telefoto, yaqinlashtiruvchi linza mavjud datchiklaridan foydalanilgan. Bosh kamera fokusni asosiy ob’yektga qo‘yib, uning ortini xiralashtirib olish funksiyasiga ega.

iPhone 7 Plus smartfonining bosh kamerasi 2 ta 12 MP sig‘imli sensorlardan iborat. Ulardan biri — 28 mm, linzasi f/1.8, boshqasining kamera hajmi 56 mm, optik linza turi f/2.8 ga teng. Ya’ni, katta hajmli linza yorug‘likni yaxshiroq o‘tkazadi va manzarani  detallarga boy ravishda suratga olishda imkon yaratadi. Bu esa portret janri uchun fotosurat olishda qo‘l keladi.

Qo‘sh kameralardan biri keng burchakli surat olsa, boshqasi fokusni o‘rnatadigan teleob’yektiv vazifasini bajaradi.

Garchi, iPhone smartfonidan 2 barobar arzon bo‘lsa ham, OnePlus 5’ning asosiy kamerasining ichki apparat ta’minoti ilg‘or. Bu o‘ziga xosliklar ikkala smartfonda olingan suratlarni taqqoslab ko‘rganda ham yaqqol seziladi.

 

Quyidagi suratlarni ko‘ring va smartfonlarning kamerasiga baho bering.

Eslatma: barcha suratlar bir xil tabiiy sharoitda, avto-rejimda olingan va qayta ishlanmagan.

iPhone 7 Plus’ning kamerasini Google Pixel va Samsung Galaxy S8 kabi kuchli kamerafonlar olgan suratlar bilan taqqoslaganda, ayfonning ham ustun jihatlari aniq-tiniq namoyon bo‘lgan edi.

Biroq, bu gal OnePlus 5’ga qarshi kameralar “jangi”da maydonga tushgan iPhone’ning o‘ziga bo‘lgan ishonchi pastroqday. To‘g‘ri, bu bilan biz xitoylik yangi smartfonni undan kuchli deb aytish fikridan yiroqmiz. Biroq, shu bilan birga, u ayfon bilan bemalol raqobat qila oladi.

 

OnePlus 5 va iPhone 7 Plus kameralarining jihatlari va smartfonlarning narxi

OnePlus 5 iPhone 7 Plus
Keng burchakli surat oluvchi ob’yektiv sig‘imi 16 megapiksel 12 megapiksel
Telefoto ob’yektiv sig‘imi 20 megapiksel 12 megapiksel
Keng burchakli surat oluvchi ob’yektivining yorug‘lik linzasi f/1.7 f/1.8
Telefoto ob’yektivning yorug‘lik linzasi f/2.6 f/2.8
Suratni optik barqarorlashtirish funksiyasi Yo‘q Foto va videoda (keng burchakda suratga oluvchi ob’yektivda)
Suratni raqamli barqarorlashtirish Video Video
Tasvir sig‘imi 4K va HD 4K va HD
Sekinlashtirilgan rejimda HD: har soniyada 120 ta kadr; Full HD: har soniyada 60 ta kadr. HD: har soniyada 240 ta kadr; Full HD: har soniyada 120 ta kadr.
Selfi-kamera pikseli 16 megapiksel 7 megapiksel
Old kameraning yorug‘likni qamrab oluvchi linzasi (apertura) f/2.0 f/2.2
Smartfon narx-navosi $479 (64 GB), $539 (128 Gb) $769 (32 gb), $869 (128gb), $969 (256 gb)

 

O‘qing: 

OnePlus 5, Mi6, iPhone 7+, Galaxy S8: flagmanlarga xos 6 jihatni taqqoslaymiz