OnePlus 6’dan hamma hayratda: uch haftada millionta smartfon sotildi

  •   Saroy
  •  2302
  •  16.06.2018 11:34

OnePlus 6’dan hamma hayratda: uch haftada millionta smartfon sotildi

Yaqinda OnePlus 6 Silk White versiyasi bir kunda sotilib ketgani haqida yozilgan edi. Endi esa yana bir yangi flagman sovdaga chiqqani haqida ma’lum qilindi.

Kompaniyaning bosh direktori Pit Lau Business Insider nashriga tintervyu berar ekan, dastlabki 22 kunda kompaniya million donadan ortiq OnePlus 6 sotganini ma’lum qildi. Agar taqqoslaydigan bo‘lsak, OnePlus 5 va  OnePlus 5T ushbu ko‘rsatkichga uch oyda erishgan edi. Tabiiyki, bu kompaniya uchun kutilmagan muvaffaqiyat.

O‘QING: Foydalanuvchini qanoatlantirgan smartfonlar reytingida Apple'ga o‘rin tegmadi

Xo‘sh, apparatning qanday ustunliklari bor ekanki, xaridorlarning bu qadar e’tiboriga sazovor bo‘lmoqda?

Bir boshdan to‘xtalamiz: smartfon 6.28-dyuymli  qirqmali AMOLED-displeyi bilan ta’minlandi. Displeyning  tamonlari nisbati 19 ga 9 va formati Full HD+ (2280×1080p). Qurilmaning ishlashi uchun   Adreno 630 grafikali sakkizyadroli Snapdragon 845 chipi ta’minlaydi. Bundan tashqari, OnePlus 6  6/8 GB OZU va  64/128/256 GB PZU bilan ta’minlangan, qo‘sh kamerasi  12 Mp ga 20 Mp, batareyasi esa,  3300 mAch sig‘imiga ega. Yana tez quvvatlantiradigan  Dash Charge zaryadkasi ham bor. Qurilma, suvdan himoyalangan va  Android 8.1 Oreo tizimiga ega. Hozir smartfonga Android P Developer Preview o‘rnatsa ham bo‘ladi.  Qurilmaning narxi 529 dollardan boshlanadi, deyilyapti xabarda.

O‘QING: OnePlus 5 va 5T yangilangan proshivkali bo‘ldi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!