OnePlus 6T: mana endi rasman namoyish qilindi

  •   Saroy
  •  657
  •  20.09.2018 11:30

OnePlus 6T: mana endi rasman namoyish qilindi

Tarmoqlarda yangi OnePlus 6T flagmanining ilk rasmiy tasviri paydo bo‘ldi. Manbalar suratlar haqiqiy ekanini tasdiqlamoqda. Tarmoqlarning biri esa, qurilmaning nomini ham tasdiqladi. Bundan tashqari, tasvirga qarab baho beradigan bo‘lsak, ishlab chiqaruvchi dizaynni o‘zgartirishga anchayin ehtiyotkorlik bilan yondoshgan. Chamasi, uchta kamera haqidagi orzu ushalmaydiganga o‘xshaydi.

O‘QING:Eng qimmat OnePlus 6: hashamdorlikni yoqtiradiganlar uchun

Boshqa tomondan olib qaraganda, ikkitalik  svetodiodli chaqnoq ostida barmoq izlari skaneri yo‘q. Ko‘rinib turibdiki, OnePlus 6T ushbu brendning barmoq izlari skaneri ekranda joylashgan ilk smartfoni bo‘lishi mumkin. Bundan avvalroq namoyish qilingan OnePlus’ning ilk rasmiy tizerida ham  shunga ishora qilingan edi.

O‘QING:OnePlus 6T: flagman barmoq izlari skaneri bilan ta’minlanadi

Shundan kelib chiqib, taxmin qilinayaptiki, yangi  model 6,41 dyuymgacha kengayadi, shu bilan birga,  OLED-displey formati  2340x1080 pikselli bo‘ladi. Ehtimol, OnePlus 6T tomchi ko‘rinishdagi tirqishga ega bo‘lar. Ishlab chiqaruvchining o‘zi tarqatgan xabarda aytilishicha, qurilma 2018 yil 17 oktyabrda taqdim etilishi mumkin. Boshqa xabarlarda esa, anons 10 oktyabrda bo‘lishi aytilmoqda.  Aynan qaysi sana ekanini esa vaqt ko‘rsatadi.  

O‘QING:OnePlus 6T: flagmanning dizayni va tavsifi oshkor bo‘ldi

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!