OnePlus 6T: uch kamerali va suv tomchisidek tirqishi bor

  •   Saroy
  •  952
  •  07.09.2018 11:45

OnePlus 6T: uch kamerali va suv tomchisidek tirqishi bor

Yaqinda Weibo ijtimoiy tarmog‘ida OnePlus 6T, deb taxmin qilingan  flagman qurilmaning renderi hamda orqasi va old tarafi dizayni ko‘rsatilgandi. Mana endi qurilmaning imkoniyatlari bilan bog‘liq asosiy yangiliklar ham aytilmoqda. Masalan,  uchtalik kamera, suv tomchisi qirqmasi va ekrandagi barmoq izlari skaneri qurilmaning muhim jihatlari deyilmoqda. Darvoqe, kamera  (uchtaning eng pastdagisi) o‘zgaruvchan diafragma f / 1.5 va f / 2.4 bilan avtomatik rejimda ishlashi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

O‘QING:5G-poyga: OnePlus 7 taqdimot sanasi rasman aytildi

Rasmda to‘g‘risini aytganda, qurilma Oppo R17 Pro’niga o‘xshaydi deyish mumkin, demak u ko‘p tomonlari bilan haqiqatan ham shunday bo‘lib chiqadi, hali. Yaqinda ushbu ikki qurilma taqqoslab qo‘rilgan edi.

Gap-so‘zlarga qaraganda, OnePlus 6T 6,4 dyuymli AMOLED-displeyi bilan ta’minlanadi. Displey Gorilla Glass 6 bilan old panelning 84 foizini egallaydi. Yangi qurilma Snapdragon 845 chipi bilan ishlaydi. Bundan tashqari, gadjet ikki bo‘lmali akkumulyatorga ham ega bo‘lishi mumkin. Uning sig‘imi   2 x 1850 mAch bo‘lib, 50 Vt bilan  10 daqiqada 40 foizga quvvatlana oladi.

O‘QING:Mish-mishlar: OnePlus 6T kuzda sotuvga chiqadi, narxi ham ma’lum

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.