OnePlus 7 5G-smartfonlarining biri bo‘ladi

  •   Saroy
  •  689
  •  29.06.2018 15:27

OnePlus 7 5G-smartfonlarining biri bo‘ladi

OnePlus yaqinda dunyoning bir nechta bozoriga OnePlus 6 smartfonini chiqargan edi. Ta’kidlash joizki, gadjet tanqidchilar va auditoriya tomonidan yaxshi qarshi olindi.  Shu yilning boshida kompaniya OnePlus 6T («oraliq fagmani») smartfoni qachonki, kompaniya zarur yangi texnologiyaga ega bo‘lsagina ishlab chiqarilishini ma’lum qilgandi. Biroq, endi  kompaniyaning barcha  sa’y-harakati faqat  OnePlus 7 smartfoniga qaratilmoqda, chamasi. U eng birinchi 5G-smartfonlarning biriga aylanadi.

O‘QING: Ekspertlar eng foydali smartfonni aniqlashdi

Hozirda Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan World World Congress Shanghai (MWCS) 2018 ko‘rgazmasida OnePlus bosh direktori Pit Lau kompaniya yanagi yil 5G-smartfonini chiqarayotganini ma’lum qildi. U  OnePlus 7 smartfoni bo‘lishi kutilmoqda. Flagmanning boshqa imkoniyatlari haqida ma’lum qilinmagan. Ushbu xabar to‘lqinida hozirgi avlod gadjetlari tobora arzonlashib bormoqda.

Bunga sabab: OnePlus 7 eng birinchi 5G-smartfoni bo‘lishi ehtimolidir. Bu qurilma Qualcomm bilan hamkorlik natijasi bo‘ladi. Bundan tashqari, OnePlus smartfonlari  OPPO va Vivo qurilmalarining ilg‘or funksiyalarini ko‘p bor o‘zlashtirib olishi bilan ham mashhurdir.

O‘QING: OnePlus 6’dan hamma hayratda: uch haftada millionta smartfon sotildi

Katta ehtimol bilan aytish mumkinki,  OnePlus 7 qirqmasiz, barmoq izlari skaneri hamda siljiydigan kameraga ega bo‘lgan romsiz ekran bilan ta’minlanadi.

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!