OnePlus 7T va 7T Pro'larning barcha tafsilotlari oshkor qilindi

OnePlus 7T va 7T Pro'larning barcha tafsilotlari oshkor qilindi

O‘tgan oy OnLeaks nomli likster OnePlus 7T va 7T Pro smartfonlarining render tasvirlarini oshkor qilib, qurilma dizayni haqida tushuncha hosil qilishimizga imkon bergandi. Endi esa, ayni likster har ikki devaysning batafsil texnik jihatlarini ma'lum qildi; taxminlarga o‘rin qolmadi.OnePlus 7T va 7T Pro'larga Snapdragon 855+ o‘rnatiligan bo‘lib, 8GB operativ xotiraga ega bo‘ladi. Har ikki smartfon Android 10 asosidagi OxygenOS'da ishlaydi, old kamerasi 16 megapikselli bo‘ladi. Ular bir-biridan displey, akkumulyator va kamera borasida farq qiladi. Quyidagi jadvaldan barcha tafovutlarni ko‘rib olishingiz mumkin.

Model OnePlus 7T OnePlus 7T Pro
SoC Snapdragon 855+ Snapdragon 855+
RAM 8GB 8GB
CPU Adreno 640 Adreno 640
Operatsion tizim Android 10 asosidagi OxygenOS Android 10 asosidagi OxygenOS
Displey 6.55" FHD+ (2400x1080px) suyuq AMOLED, 402 piksel/dyuym piksel zichligi, 90Hz yangilanish chastotasi va HDR10+ 6.65" QHD+ (3100x1440 px) suyuq AMOLED 516 piksel/dyuym piksel zichligi, 90Hz yangilanish chastotasi va HDR10+
Orqa kamera 48MP (f/1.6, EIS, OIS) + 12MP telefoto (f/2.2, 2x zum), 16MP o‘ta keng burchakli (f/2.2, 120° ko‘rish maydoni) 48MP (f/1.6, EIS, OIS) + 8MP telefoto (f/2.4, 3x zum), 16MP o‘ta keng burchakli (f/2.2, 120° ko‘rish maydoni)
Old kamera Elektron tasvir stabilizatsiyasiga ega 16MP (f/2.0) Elektron tasvir stabilizatsiyasiga ega 16MP (f/2.0)
Ichki xotira 128GB, 256GB 128GB, 256GB
Akkumulyator sig‘imi 3,800 mA/soat; Warp Charge 30T mavjud sig‘imi 3,800 mA/soat; Warp Charge 30T mavjud
Boshqa ekranosti barmoq izi skaneri, Macro rejimi, yangi Tungi mazara rejimi, 720p rezolyusiyada 960 kadr/sekundli slow-motion video yozuvi ekranosti barmoq izi skaneri, Macro rejimi, yangi Tungi mazara rejimi, 720p rezolyusiyada 960 kadr/sekundli slow-motion video yozuvi

Mish-mishlarga ko‘ra, OnePlus 7T va 7T Pro'lar 26-sentyabrda OnePlus TV bilan birga rasman taqdim qilinadi, biroq OnLeaks'ning ta’kidlashicha, taqdimot 10-oktyabrda o‘tkazilib, sotuv 15-oktyabrdan boshlanadi.

O‘QING: OnePlus TV taqdimot kuni, xususiyatlari va narxi ma’lum bo‘ldi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!