OnePlus 8 Pro tezkormi yoki bir yarim baravar qimmat Galaxy S20 Ultra? «Jonli» testda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1421
  •  29.05.2020 09:38

OnePlus 8 Pro tezkormi yoki bir yarim baravar qimmat Galaxy S20 Ultra? «Jonli» testda ko‘ramiz!

«Aslo qotmas» shioriga mos smartfonlari bilan tanilgan xitoylik kompaniya aprelda OnePlus 8 hamda OnePlus 8 Pro modellarini namoyish qilgan. Ular o‘zaro jiddiy farq qilishidan tashqari, ko‘plab nashrlar bulardan ikkinchisini 2020 yilning eng zo‘r flagmanlaridan biri, deyishmoqda.

O‘QING: OnePlus 8 Pro'ning ichini ochib ko‘rishdi (+video)

AQSh bozoriga OnePlus 8 Pro modeli xotira konfiguratsiyasiga qarab 900 va 1000 dollarlik narxlarda taqdim etilgan. Bu – kompaniyaning avvalgi yillardagi flagmanlariga yetarlicha nisbatan qimmat, ammo u boshqa smartfonsozlarning yanada qimmat modellaridan qolishmaydi-da!

Robotlashtirilgan manipulyatorlar yordamida qiyosiy testlar o‘tkazib kelayotgan PhoneBuff kanali OnePlus 8 Pro tezkorligini yilning eng shov-shuvli va qimmat smartfonlardan biri – Samsung Galaxy S20 Ultra’niki bilan taqqoslab ko‘rdi. Imtihonda uning Snapdragon 865 protsessoriga ega varianti qatnashgan.

Ko‘rib turganingizdek, ilovalarning ishga tushirilish tezligi bo‘yicha sinovda umumiy hisobda Samsung flagmani g‘olib bo‘lgan, ammo ularning ko‘rsatkichlari o‘zaro juda yaqin. Hatto boshida OnePlus 8 Pro raqibidan ustun kelib ham turgan, ammo janubiy koreyaliklar vakili videoni qayta ishlovchi Lapse ilovasida undan o‘zib ketgan.

Samsung Galaxy S20 Ultra’ning narxi OnePlus 8 Pro’nikidan bir yarim baravar qimmatligini hisobga olsak, xitoyliklar flagmani ko‘rsatgan natija baribir yaxshi.

O‘QING: Galaxy S20 Ultra tannarxi hisoblandi – Samsung uni necha baravar qimmatga sotyapti?

Terabayt.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.