OnePlus 8 Pro'ning ichini ochib ko‘rishdi (+video)

OnePlus 8 Pro'ning ichini ochib ko‘rishdi (+video)

OnePlus 8 Pro flagmani taqdim qilinganiga ko‘p ham bo‘lmadi, ammo qurilma JerryRigEverything'ning chidamlilik sinovidan o‘tishga ulgurdi. Lekin bu gal smartfonni buklashmadi, tirnashmadi, bolg‘alashmadi — uning ichini ochishdi.

Agar sizga devayslar «ichak-chovog‘i» qiziq bo‘lsa, quyidagi videoni, albatta, tomosha qiling.

Suv va changdan himoyanining IP68 nominali bois ishlab chiqaruvchi ushbu qurilmada kuchli yelimdan foydalangan. Shuning uchun ham, OnePlus 8 Pro'ni ochish oson emas.

JerryRigEverything'dagi sinovlarni o‘tkazuvchi Zekning fikricha, misdan ishlangan simsiz zaryadlash katushkasiga ega OnePlus 8 Pro eng yaxshi ichki komponentli qurilmalardandir. OnePlus'ning yangi mahsuloti nafaqat tashqi, balki ichki tomondan ham a’lo darajada ishlangan ekan.

O‘QING: OnePlus atigi 10 daqiqada quvvatlanib, 10 soat ishlovchi devays chiqardi! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!