OnePlus 8 turkumidagi eng arzon smartfon Geekbench’da: naq 12 GB «operativka»!

  •   DiMaX
  •  1029
  •  03.06.2020 12:22

OnePlus 8 turkumidagi eng arzon smartfon Geekbench’da: naq 12 GB «operativka»!

«Flagmanlar kushandalari» bo‘lmish smartfonlari bilan tanilgan xitoylik kompaniya OnePlus 8 hamda OnePlus 8 Pro modellarini aprelning o‘rtasida namoyish qilgan. Ushbu turkumdagi OnePlus 8 Lite qurilmasi haqida ulardan ham oldin xabarlar chiqqan, lekin negadir haliyam uni taqdim etishmadi.

O‘QING: OnePlus 8 Pro'ning ichini ochib ko‘rishdi (+video)

OnePlus 8 uni tez orada namoyish etsa kerak – 1 iyun kuni mazkur qurilma Geekbench servisida tekshirib ko‘rildi. Protsessorining bitta yadrosini ishlatganida u 612 ball olgan bo‘lsa, barcha yadrolari ishtirokidagi imtihonda 1955 ballik natija ko‘rsatgan:

Lekin eng qizig‘i – garchi turkumning eng arzon vakili bo‘lsa-da, OnePlus 8 Lite modelining tezkor xotirasi hajmi 12 gigabaytlik ekan! Taqqoslash uchun keltirib o‘tsak, uning ikkala «og‘a»si ham 8 gigabaytlik (LPDDR4X toifali) va 12 gigabaytlik (LPDDR5 toifali) tezkor xotira chiplariga ega variantlarda chiqqan. Demak, kompaniya turkumning kenjasi borasida ham shunaqa yo‘l tutyapti.

Benchmark yuqoridagi skrinshotda ko‘rsatishicha, OnePlus 8 Lite samaradorligini ta’minlashga 1,8 GGs.lik takt chastotasida ishlovchi Qualcomm protsessori mas’ul. Hozirgacha tarqalgan mish-mishlarga qarganda, uning old kamerasi 16 megapiksellik datchikka ega; 4000 mA/soatlik batareyasi esa 30 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvatlana oladi.

O‘QING: OnePlus 8 Pro tezkormi yoki bir yarim baravar qimmat Galaxy S20 Ultra? «Jonli» testda ko‘ramiz!