OnePlus 8T namoyish etildi: rasmiy videosi, narx va xususiyatlari

  •   DiMaX
  •  1883
  •  15.10.2020 09:45

OnePlus 8T namoyish etildi: rasmiy videosi, narx va xususiyatlari

«Aslo qotmas» smartfonlar tayyorlovchi xitoylik kompaniya OnePlus 8T rusumli smartfonini tayyorlayotgani haqida yozgan edik. Kecha – 14 oktyabr kuni ushbu qurilma rasman taqdim qilindi.

O‘QING: OnePlus atigi 200 dollarga naq 6000 mAh batareyali smartfon tayyorladi!

OnePlus 8T flagmani yakka kristalli Qualcomm Snapdragon 865 protsessori bazasida tayyorlangan bo‘lib, 5G standartini qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfonda 12 gigabaytgacha hajmdagi tezkor, 256 gigabaytgacha hajmdagi (UFS 3.1 toifali) doimiy xotira chiplari qo‘llangan.

Bu gadjet mobil geymerlarga juda qo‘l keladi: ayrim OnePlus smartfonlari kabi, unda 90 gerslik chastotada Fortnite o‘ynash mumkin. Qizib ketishidan xavotir olmasangiz ham bo‘ladi – OnePlus 8T modeliga o‘rnatilgan yangi bug‘latish kamerasi maydoni oldingi smartfonnikidan naq 285 foizga katta. Korpusining o‘lchamlari 160,7x74,1x84 millimetrga, vazni esa 188 grammga teng.

Kompaniya bu devaysini AMOLED matritsali, o‘lchami diagonaliga 6,55 dyuymlik va aniqligi Full HD+ formatli displey bilan jihozlagan. Unda kadr yangilanish chastotasi 120 gerslik bo‘lsa, sensor qatlamining yangilanishi 240 gerslik. Tekis (chetlari qayrilmagan) ekranga daktiloskop integratsiya qilingan, u HDR10 texnologiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (41-hafta)

OnePlus 8T displeyining yuqori chap burchagidagi tirqishga 16 megapiksellik old kamera joylangan. Uning bosh kamerasi esa to‘rt modulli bo‘lib, 48 megapiksellik sosiy sensori keng burchakli ob’yektiv bilan taqdim etilgan. Ikkinchi datchigi 16 megapiksellik aniqlikda va 123 darajadagi o‘ta keng burchakli optikaga ega. Mkrotasvirlar olishga mo‘ljallangan uchinchi modul 5 megapiksellik, sahna chuqurligi sensori esa 2 megapiksellik aniqlikka ega. Kvadrokamera tasvirni optik barqarorlashtirish tizimi bilan ta’minlangan.

Flagmanning akkumulyatori 4500 mA/soatlik tok sig‘imiga ega (aslida, unda har biri 2250 mA/soatlik bo‘lgan ikkita batareya qo‘llangan). Hattoki ekranda kadr yangilanish chastotasi yuqori bo‘lsa ham uning quvvati bir kunga yetadi.

Bu smartfon Warp Charge 65 tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega va ayni shunday zaryadlagich qadoq jamlanmasiga kiritilgan. Bu zaryadchikni boshqa gadjetlar, masalan – noutbukni quvvatlash uchun ham ishlatsa bo‘ladi.

O‘QING: Dunyodagi eng zo‘r o‘nta smartfon («Roskachestvo» reytingi, 2020 yil sentyabr)

OnePlus 8T dasturiy platformasi – eng yangi Android 11 operatsion tizim talqini asosida tyyorlangan OxygenOS 11 grafik qobig‘idir. Uning uchun tayyorlangan rasmiy rolikni quyida tomosha qilamiz:

OnePlus 8T flagmani Yevropada 20 oktyabrdan sotila boshlaydi, kompaniya uning uchun allaqachon oldindan buyurtma olmoqda. Uning tezkor/ichki xotirasi 8/128 gigabaytlik versiyasi 600 yevro turadi, 12/256 gigabaytligi uchun esa 700 yevro so‘rashmoqda.

O‘QING: Bu kompaniya eng kuchli flagmanlar reytingini ostin-ustun qilib yubordi! (AnTuTu, 2020 yil sentyabr)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!