OnePlus 9 Pro'ning navbatdagi muhim jihati ma’lum bo‘ldi

OnePlus 9 Pro'ning navbatdagi muhim jihati ma’lum bo‘ldi

Xabaringiz bor, OnePlus kompaniyasi shu kunlarda bir necha yangi qurilmasini e’lon qilish arafasida turibdi. Ular orasida OnePlus 9, OnePlus 9 Pro, OnePlus 9R smartfonlari va OnePlus Watch aqlli soati bo‘lishi kutilmoqda.

O‘QING: OnePlus 9 va 9 Pro'ning renderlari sizdirildi. Kompaniya direktori smartfonlarning muhim jihatini oshkor qildi

Yangi tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, OnePlus 9 Pro simsiz quvvatlashni keyingi bosqichga olib chiqadi. Buning uchun sizdan OnePlus'ning maxsus 50 Vt simsiz zaryadchigini sotib olishingiz kerak. Bu bilan smartfon, kompaniyaning ta’kidlashicha, 0% dan 100% ga 43 daqiqada zaryad oladi.

Ushbu ko‘rsatkich ko‘plab boshqa qurilmalarning simli zaryadlash imkoniyatidan ham tezroq. Maxsus zaryadchik bilan qurilmani vertikal yoki gorizontal joylashtirgan holda ham quvvatlash mumkin.

Zaryadchik katta vattda quvvat bergani bois uning ichiga sovutkich parrak o‘rnatilgan. Bu esa quvvatlagichdan shovqin chiqishini ko‘rsatadi. Biroq quvvatlagich «Tungi rejim»ga ham ega bo‘lib, bu funksiyadan kechasi foydalanish mumkin.

OnePlus 9 va 9 Pro smartfonlari 65 Vt da simli quvvatlanish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi. Bu bilan qurilmalar zaryadi atigi 29 daqiqada 100% ga chiqadi.

Standart OnePlus 9'ning simsiz zaryadlanish imkoniyati esa 15 Vt bilan chegaralanadi. Eslatib o‘tamiz, Pro bo‘lmagan OnePlus smartfoni ilk marotaba simsiz zaryadlanish imkoniga ega bo‘lmoqda.

O‘QING: OnePlus ilk taqiluvchi gadjetini chiqardi: Mi Band 5’ning arzon kushandasi! (+video)