OnePlus 9 Pro'ning renderlari chiqdi: yangicha dizaynli smartfon bilan tanishing

OnePlus 9 Pro'ning renderlari chiqdi: yangicha dizaynli smartfon bilan tanishing

Ilgariroq, OnePlus 9 smartfonining renderlari chiqqan edi, endi esa OnLeaks qurilmaning Pro versiyasi renderlari bilan o‘rtoqlashdi.

OnePlus 9 Pro dizayn borasida OnePlus 9 bilan deyarli bir xil, biroq Pro versiyada ekran qayrilgan bo‘ladi. Smartfon displeyi diagonaliga 6.7 dyuymni tashkil qilib, selfi kamera uchun yakka tirqish kamera o‘rnatiladi.

Ogohlantirish slayderi va quvvat tugmalari o‘ng tomonda, ovoz nazorati tugmalari esa chap tomonda joylashgan. Orqa panelda bo‘lsa to‘rtburchak kamera moduli ichiga to‘rtta kamera o‘rnatilganini ko‘rish mumkin.

E’tibor bering, bu yakuniy dizayn emas, sababi smartfonning prototip bosqichi hali ham davom etmoqda. Shu sababdan, kamera joylashuvi va dizaynning boshqa elementlari o‘zgarishi mumkin.

OnePlus 9 lineykasi haqida tarqalgan oldingi mish-mishlarga ko‘ra, smartfonlar 144Hz yangilanish chastotasiga ega ekran hamda Snapdragon 875 chipi bilan jihozlanishi kutilmoqda. Xitoylik kompaniyaning ushbu flagman seriya qurilmalari kelasi yil mart oyida taqdim qilinadi. Unga qadar yana ko‘plab ma’lumotlar sizdirilishini kutib qolamiz.

O‘QING: OnePlus N10 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!