OnePlus 9 va 9 Pro'ning renderlari sizdirildi. Kompaniya direktori smartfonlarning muhim jihatini oshkor qildi

OnePlus 9 va 9 Pro'ning renderlari sizdirildi. Kompaniya direktori smartfonlarning muhim jihatini oshkor qildi

OnePlus 9 va OnePlus 9 Pro smartfonlari ikki haftadan so‘ng taqdim qilinishi kutilmoqda. Qurilmalarning barcha rangdagi renderlari sizdirib yuborildi.

O‘QING: OnePlus ilk taqiluvchi gadjetini chiqardi: Mi Band 5’ning arzon kushandasi! (+video) 

Ayni damda, OnePlus Bosh ijrochi direktori Pit Lau devayslar IMX789 kamera sensoridan foydalanishini ma’lum qildi. Aytilishicha, ushbu datchik OnePlus uchun eksklyuziv datchik bo‘ladi.

Bu ham yetmaganidek, har ikki smartfon Geekbench'da ko‘rinish berdi. Ma’lum bo‘lishicha, OnePlus 9 va 9 Pro'larning 12GB operativ xotirali talqini bo‘ladi.

OnePlus 9

OnePlus 9 uchta: ko‘k, qora va siyohranglarda mavjud bo‘ladi. Qurilmaning orqa paneliga Hasselblad bilan hamkorlikda sozlangan uchta kamera, qo‘sh ton va LED chiroqlari o‘rnatilgan. Old tomonda esa yonlari 2.5D qayrilgan displey bo‘ladi.

OnePlus 9 Pro

OnePlus 9 Pro orqa tomonda to‘rtta kamerali bo‘ladi. Selfi kamera esa standart OnePlus 9'niki bilan bir xil. Korpus ranglari esa oq, to‘q yashil va qora bo‘ladi. Smartfon simsiz zaryadlanish imkoniyatiga ega bo‘lishi ehtimoli bor.

OnePlus 9 Pro kamerasida olingan surat

Qurilmalarning uktrakeng burchakli kamerasi 48MP IMX766 datchigi bo‘lishi haqida ma’lumotga ega edik. Bugun esa Pit Lau asosiy kameraning IMX789 datchigi haqida batafsil ma’lumot berdi. Ushbu datchik 4K aniqlikda soniyasiga 120 ta kadr olish imkoniga ega bo‘ladi. OnePlus 9 Pro'da Hasselblad Pro rejimi mavjud bo‘lib, bu 12 bitli RAW tasvirlar olish imkonini beradi.

Ushbu datchik yordamida 68.7 milliard ranglarni kadrga muhrlash mumkin bo‘ladi. Bu esa boshq flagmanlar imkoniyatidan 64 baravar ko‘proq demakdir.

O‘QING: OnePlus N10 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!