OnePlus 9RT Geekbench'da ko‘rinish berdi

OnePlus 9RT Geekbench'da ko‘rinish berdi

OnePlus 9RT smartfoni 15 oktyabrda taqdim etilishi hamda u Snapdragon 870 chipiga ega bo‘lishi aytilgan edi. Biroq bu xabarlar to‘g‘ri bo‘lib chiqmadi. Yangi smartfon yaqinda Geekbench'da test topshirda va qurilmaning Snapdragon 888 chipi va 12GB tezkor xotiraga ega bo‘lishi ma’lum bo‘ldi.

Avvalroq kompaniya Snapdragon 870 chipi bilan jihozlangan OnePlus 9R smartfonini sotuvga chiqargan edi. OnePlus 9RT esa ushbu smartfonning yangilangan talqini bo‘ladi.

Chiplar yetishmasligi sabab kompaniya avvalroq 9T hamda 9T Pro modellarini taqdim etishni kechiktirgan edi.

OnePlus 9RT smartfoni Sony IMX766 sensoriga ega bo‘lgan 50MP asosiy kamera bilan jihozlanadi. Avvalroq ushbu kamera OnePlus 9 hamda Oppo Find X3 seriyalariga o‘rnatilgan edi.

O‘QING: Taqdimotidan 1 oy avval OnePlus Buds Z2 suratlari tarqaldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!