Taqdimotidan 1 oy avval OnePlus Buds Z2 suratlari tarqaldi

Taqdimotidan 1 oy avval OnePlus Buds Z2 suratlari tarqaldi

O‘tgan yilning oktyabr oyida OnePlus o‘zining Buds Z TWS quloqchinlarini ommaga taqdim qilgan edi. An’anaga sodiq qolgan holda kompaniya keyingi oyda qurilmaning yangi avlodi – OnePlus Buds Z2 ni namoyish etadi. Bu haqda OnePlus Buds Z2 dizaynini oshkor qilib, uning bir nechta renderlarini ko‘rsatgan OnLeaks xabar bermoqda.

OnePlus Buds Z2's leaked renders

Bu safargi Buds Z2 dizaynida quloq uchlari sal burchaklashganini hisobga olmaganda, avvalgisidan deyarli farq qilmaydi. Biroq, asl Buds Z dan farqli ravishda yangi qurilmada qurilma foydalanilayotganini aniqlash uchun o‘rnatilgan sensorli datchiklarni ko‘rishimiz mumkin.

O‘QING: 11 avgustda Samsung taqdim etgan barcha gadjetlar oltita rasmiy videoda!

OnePlus Buds Z2 ning OnLeaks dagi renderlari

Manba Buds Z2 ning hech qanday tafsilotlari bilan bo‘lishmadi, lekin oktyabrda bo‘ladigan taqdimot yaqinlashgani sari TWS haqidagi bor ma’lumotlar sekin-asta oydinlashib boraveradi.
Hozir esa, kompaniyaning eng hamyonbop TWS quloqchinlari haqida o‘rganib chiqish uchun bu yerda OnePlus Buds Z2 bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

OnePlus Buds Z2 to launch next month, renders surface

Aytgancha, eshitishimiz bo‘yicha, o‘tgan oyda OnePlus ANC xususiyatiga ega bo‘lgan Buds Proʼning yengil versiyasi ustida ishlayotgandi. U ham OnePlus 9 RT bilan birgalikda keyingi oy taqdimotidan o‘rin olishi kutilmoqda. Aytib o‘tish kerakki, Buds Z2 va yuqoridagi qurilmalar TWS quloqchinlarining sherigi yoki unday emasligi hali ham aniq emas.

O‘QING: Pixel Buds A chiqdi: avtonomligi 24 soatlik, IPX4 himoyali hamyonbop TWS-quloqchin! (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!