OnePlus endi umuman boshqa gadjet ham tayyorlaydi

  •   DiMaX
  •  436
  •  17.09.2018 15:19

OnePlus endi umuman boshqa gadjet ham tayyorlaydi

Garchi dunyoning yetakchi smartfonsozlari qatorida turmasa-da, OnePlus kompaniyasining smartfonlari boshqa flagmanlardan aksariyat hollarda tezkorroq chiqadi. Ushbu kompaniya endi televizor bozoriga ham qadam qo‘ydi.

O‘QING: Televizorni tekshirib xarid qiling

Mazkur kompaniya o‘zining OnePlus TV nomli ilk televizorini tayyorlayotganini tasdiqladi. OnePlus ijrochi direktori Karl Pey (Carl Pei) kompaniyaning ilk televizori 2019 yili taqdim etilishini aytdi. Mazkur devaysning xususiyatlari qanaqa bo‘lishini ma’lum qilmasa-da, ular besh yilgacha dasturiy ta’minot yangilanishlarini olib turishini bildirdi. Shuningdek, kompaniya dasturiy ta’minot apdeytlari bilan televizorlarning funksional imkoniyatlarini muntazam tarzda kengaytirib borishini ham ma’lum qilgan.

Karl Pey qo‘shimcha qilishicha, OnePlus TV televizorlari a’lo darajadagi premial dizaynga ega bo‘ladi, ammo ishlab chiquvchilar ko‘proq tasvir sifati va ovoz imkoniyatlariga e’tibor qaratishmoqda.

Shuningdek, OnePlus TV personal yordamchiga ham ega bo‘ladi, ammo bu Google Assistant va Amazon Alexa singari chet kompaniyalar ishlanmasi bo‘ladimi yoki kompaniyaning o‘zi o‘z «sun’iy ong» tizimini yaratadimi – bunisi hozircha noma’lum. Televizor old kameraga, shuningdek foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari «sizib» chiqib ketmasligini ta’minlovchi xavfsizlik tizimiga ham ega bo‘ladi.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: 5G modemli ilk 8K-televizor chiqyapti!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!