OnePlus hali taqdim etmagan arzon smartfon do‘konga chiqdi: rasmiy video va suratlar!

  •   DiMaX
  •  1238
  •  04.07.2020 13:53

OnePlus hali taqdim etmagan arzon smartfon do‘konga chiqdi: rasmiy video va suratlar!

Kuni kecha biz «Aslo qotmas» smartfonlar chiqarib kelayotgan OnePlus kompaniyasining yangi modeli suratlari va videosini e’lon qilgan edik. Endi esa Amazon onlayn do‘konining Hindistondagi saytida uning sahifasi paydo bo‘ldi!

O‘QING: iPhone SE 2020 kushandasi: OnePlus eng arzon smartfonini tez orada taqdim etadi!

Mazkur arzon smartfonning OnePlus 8 Lite yoki OnePlus Z deb nomlanishi kutilayotgan edi. Ammo kompaniyaning o‘zi Twitter’dagi rasmiy akkaunti orqali uning OnePlus Nord deb atalishini aytgan.

Yangi ma’lumotlarga qaraganda, OnePlus Nord shisha korpusga va modullari tikka joylashgan kvadrokameraga ega. Kompaniya uni ovoz rejimlarini almashtirish tugmachasi bilan ta’minlagan. Smartfonning ekrani tekis (chetlari qayrilmagan) bo‘lib, yuqori chap burchagida qo‘shaloq selfi-kamera uchun tirqish mavjud.

O‘QING: TOP-10: AnTuTu nazdida iyun oyidagi eng zo‘r flagmanlar

Eslatib o‘tamiz, OnePlus Nord beshinchi avlod uyali aloqa standartini qo‘llovchi Snapdragon 765G protsessori bazasida, 12 gigabaytgacha hajmli tezkor xotira bilan ishlaydi. Uning diagonaliga 6.55 dyuymlik AMOLED-displeyi 90 gerslik chastotada kadr yangilanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmaning akkumulyatori 4300 mA/soatlik bo‘lib, 30 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvatlanadi.

Shuningdek, kompaniya OnePlus Nord modelini quyidagi videoda ko‘rsatgan:

Mish-mishlarga ko‘ra, OnePlus bu arzon smartfonini 7 yoki 10 iyulda taqdim etadi. Ushbu gadjet iPhone SE 2020 kushandasi sifatida maydonga tushishi aytilmoqda.

O‘QING: OnePlus Xiaomi'ni ortda qoldirdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.