OnePlus ilk taqiluvchi gadjetini chiqardi: Mi Band 5’ning arzon kushandasi! (+video)

  •   DiMaX
  •  497
  •  11.01.2021 14:46

OnePlus ilk taqiluvchi gadjetini chiqardi: Mi Band 5’ning arzon kushandasi! (+video)

«Xitoycha Apple» o‘tgan yilning iyulida namoyish etgan va «ideal» deb maqtagan Xiaomi Mi Band 5 rusumli aqlli bilaguzuk keyinchalik Xiaomi Mi Smart Band 5 modeli tarzida global bozorga ham chiqqan edi.

O‘QING: Huami pulsoksimetrli Amazfit Band 5 bilaguzugini taqdim etdi: siz uni taniysiz!

Yuqorida nomlari keltirilgan fitnes-brasletlarning bari bitta gadjetning turli klonlari bo‘lsa, ularning haqiqiy raqibini OnePlus taqdim etdi. Bizga asosan «aslo qotmas» smartfonlari bilan tanilgan kompaniyaning qo‘lga tqiluvchi birinchi devaysi OnePlus Band rusumli smart-braslet bo‘ldi.

Ushbu bilaguzuk ham Xiaomi Mi Band 5 singari 1.1 dyuymlik, rangli AMOLED-displey hamda har xil tuslardagi silikon tasmachalarga ega. Ekranning tasvir aniqligi 294x126 pikselni tashkil etadi va u P3 ranglar gammasini 100% qamrab oladi.

OnePlus Band modelini uch o‘qli akselerometr, giroskop hamda pulsoksimetr (qonning kislorodga to‘yinganlik datchigi – SpO2) bilan ta’minlashgan. Aqlli braslet foydalanuvchining qadamlarini sanashi, qonidagi kislorod miqdorini o‘lchashi, yurak urishi ritmini kuzatishi hamda uyqu sifatini nazorat qilishi mumkin. Shuningdek, u jismoniy faollikning 13 xil turini nazorat qilib borishga o‘rgatilgan – ular orasida eshkak eshish, velosipedda uchish, yoga va kriket kabilar ham bor.

Smartfon biln bog‘lanib, OnePlus Band unga kelgan bildirishnomalar va qo‘ng‘iroqlarni aks ettiradi, yana undagi mksiqni boshqarishga yordam beradi. Bilaguzukni faqat OnePlus gadjetlari bilan bog‘lanib ishlay oluvchi Zen Mode rejimi hamda Find My Phone funksiyasi bilan ham ta’minlashgan. Treker kompaniyaning OnePlus Health ilovasi orqali sozlanadi.

O‘QING: Dunyodagi eng ommabop fitnes-braslet qaysi ekanini bilasizmi?

OnePlus Band korpusi IP68 standartiga ko‘ra himoyalangan – u suvdan qo‘rqmaydi. Devaysning akkumulyatori 100 mA/soatlik tok sig‘imiga ega. Ishlab chiqaruvchining va’da berishicha, uning quvvati 14 kun ishlashga yetadi.

OnePlus Band birinchi bo‘lib Hindistonda – 13 yanvardan, 34 dollarga teng narxda sotuvga chiqadi. Kompaniya uni keyinroq Yevropa bozoriga ham chiqarishi kutilmoqda.

O‘QING: Huami Amazfit GTR – naq 74 kungacha quvvatlash talab etilmaydigan smart-soat chiqdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!