OnePlus N10 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

OnePlus N10 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

2020 yilda OnePlus butunlay yangicha yo‘nalishdan yura boshladi. OnePlus hamasoschisi Karl Peyning yaqinda kompaniyadan ketishi bilan smartfonsozning strategiyasida yaqqol o‘zgarish ko‘zga tashlandi. OnePlus to‘satdan o‘z modellari ko‘lamini kengaytirib, yangi Nord lineykasini taqdim qildi. Ushbu lineykaning ilk qurilmasi chiqishi bilan oradan ko‘p o‘tmay boshqa Nord smartfonlari ham e’lon qilindi. Shulardan Nord N10 5G smartfoni haqida quyida suhbatlashamiz. N10 Qualcomm'ning 5G modemga ega yangi Snapdragon 690 chipida ishlaydi.

OnePlus Nord N10 5G'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 163 x 74.7 x 8.95 mm; Midnight Ice rangidagi kamalak jiloli plastik korpus.

> Displey: 6.49" IPS LCD displey; FHD+ 1080 x 2400 piksel, 20:9 tomonlar nisbati; 405 piksel/dyuym zichlik; 90Hz yangilanish chastotasi; 16 million sRGB ranglari; 2.5D Gorilla Glass 3.

> Chipset: Qualcomm SM6350 Snapdragon 690; sakkiz yadroli (2x2.0 GHz Kryo 560 Gold & 6x1.7 GHz Kryo 560 Silver); X51 5G modem (sub-5GHz 5G tarmoqlar qo‘llab-quvvatlanilishi); Adreno 619L

> Xotira: 6GB LPDDR4x tezkor + 128GB UFS 2.1 doimiy xotira, microSD uyasi.

> Orqa kameralar: •64MP (asosiy) f/1.7 apertura, avtofokusli 0.7µm; •8MP (ultrakeng) f/2.25 apertura, 119° ko‘rish maydoni; •2MP (makro) f/2.4 apertura, 1.75µm piksel; •2MP (monoxrom) f/2.4 apertura, 1.75µm piksel; LED chiroq.

> Old kamera: 16MP, f/2.05 apertura, 1 µm piksel.

> Video yozuv: •Orqa kamera: 4K @ 30 kadr/sek., 1080p @ 120 kadr/sek., 720p @ 240 kadr/sek., 4K taymlaps; •Old kamera: 1080p @ 60 kadr/sek.

> Akkumulyator: 4300 mAs; OnePlus Warp Charge 30T (5V @ 6A) zaryadlash imkoniyati.

> Boshqa: orqa panelga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri; NFC; Bluetooth 5.1; 3.5 mm audio jek.

Qadoq tarkibi

OnePlus har doim flagman smartfonlari qadog‘i borasida maqtab kelingan, ammo Nord modellari borasida bunday deya olmaymiz. Bu lineyka smartfonlari qadog‘i qora-ko‘k rangda bo‘ladi. Qadoq ichida esa smartfondan tashqari Warp Charge 30T quvvatlagich-adapteri, yorqin qizil rangli USB-A-to-USB-C kabeli, SIM karta chiqargich va bir qancha hujjatlarni ko‘rish mumkin. Boshqa OnePlus'lar qadog‘iga solib qo‘yiluvchi shaffof chexol yo‘q. OnePlus stikerlari ham ko‘rinmaydi.

O‘QING: Honor 10X Lite'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!