OnePlus Nord 2 5G'ning taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi

OnePlus Nord 2 5G'ning taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi

OnePlus kompaniyasi yangi hamyonbop bo‘lgan OnePlus Nord 2 5G smartfonining taqdimot marosimi qachon bo‘lib o‘tishini rasman tasdiqladi.

O‘QING: OnePlus tasodifan raqibining smartfonini reklama qilib yubordi!

Ma’lum bo‘lishicha, kompaniya smartfonni 22 iyul kuni 19:30 da (Xitoy vaqti bilan) taqdim etmoqchi. Norasmiy renderlar orqali smartfonning ko‘rinishi va dizayni haqida yetarlicha ma’lumotlar oshkor bo‘ldi.

Kompaniya, shuningdek, qurilmaning texnik ko‘rsatkichlari haqida ham ma’lumot bergan. OnePlus Nord 2 5G Mediatek Dimensity 1200 chipi bilan jihozlangan. Smartfonga 6.53 dyuymli AMOLED displeyi o‘rnatilgan bo‘lib, displey Full HD+ rezolyusiya hamda 90Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmaga 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan.

OnePlus Nord 2 5G taxminan 399 yevro narxda sotuvga chiqadi.

O‘QING: OnePlus Nord CE 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!