OnePlus Nord 2 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

OnePlus Nord 2 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

OnePlus o‘zining hamyonbop bo‘lgan Nord 2 5G smartfonini taqdim etdi. Kompaniyaning flagman smartfonlari ham mavjud. Biroq flagman OnePlus 9 seriyasining narxi qimmat turadi. Shuning uchun, kompaniya Nord seriyasini ishlab chiqarishni boshlagan. Yangi OnePlus Nord 2 5G flagman darajadagi xususiyatlarni taqdim etsa-da, uning narxi flagmanlardan ancha arzon. Shu sabab, smartfonni flagmanlar “qotili“ deyish mumkin.

O‘QING: OnePlus Nord CE 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Birinchi avlod Nord smartfoniga qaraganda OnePlus Nord 2 5G bir qator yaxshilangan texnik jihatlarga ega. Misol uchun, qurilma kuchliroq bo‘lgan Dimensity 1200 chipi, sifatli suratlarni olishga qodir bo‘lgan Sony IMX766 sensoriga ega bo‘lgan asosiy kamera, stereo karnay, 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator, 65 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyatiga ega.

Foto: GSMArena

OnePlus Nord 2 5G'ning uch xil: jilovlanmas, charm ko‘rinishli hamda yaltiroq qoplamali turlari mavjud.

Biroq qurilmadagi barcha qismlar ham yangi emas. Misol uchun, yangi smartfondagi Fluid AMOLED displeyi birinchi avlod Nord smartfonidan olingan. Displeyning yuqori chap burchagida esa 32MP selfi kamera joylashgan.

Nord 2 5G Android 11 operatsion tizimiga asoslangan OxygenOS 11.3 grafik qobig‘ida ishlaydigan OnePlus kompaniyasining birinchi smartfoni bo‘ldi. Yangi grafik qobig‘i avvalgilaridan uncha farq qilmaydi. OxygenOS 11.3 — bu Oppo va OnePlus kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, ColorOS hamda OxygenOS kodlariga ega bo‘lgan birinchi proshivka hisoblanadi.

OnePlus Nord 2 5G'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 158.9x73.2x8.25 mm, 189g; old panel shisha (Gorilla Glass 5), orqa panel shisha (Gorilla Glass 5), plastik rom.

> Displey: 6.53 dyuymli Fluid AMOLED displeyi, 90Hz ekran yangilanish chastotasi, HDR10+, 1080x2400 piksel rezolyutsiya, 409ppi zichlik.

> Chipset: MediaTek MT6893 Dimensity 1200 5G (6 nm): sakkiz yadroli (1x3.0 GHz Cortex-A78 & 3x2.6 GHz Cortex-A78 & 4x2.0 GHz Cortex-A55); Mali-G77 MC9 GPU.

> Xotira: 8/128GB, 12/256GB; UFS 3.1.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, OxygenOS 11.3.

> Kamera: Asosiy kamera: 50MP /1.8, 24mm, 1/1.56“, 1.0µm, PDAF, OIS; Ultrakeng kamera: 8MP f/2.3, 119˚; Sath kamera: 2MP, f/2.4.

> Selfi kamera: 32MP, f/2.5, 1/2.8“, 0.8µm.

> Video yozuv: Asosiy kamera: [email protected] kadr/sek., [email protected]/60/240 kadr/sek.; Selfi kamera: [email protected] kadr/sek..

> Akkumulyator: 4,500 mAs, 65 vatt Warp Charging.

> Boshqa: barmoq izi skaneri (ekran ostida), NFC, stereo karnay.

Displeyda faqatgina kamera tirqishining hajmi kamaygani ijobiy holat ekanligi hafsalani biroz pir qiladi. Displeyning qolgan jihatlari avvalgi Nord smartfoni bilan bir xil. Faqatgina keraksiz bo‘lgan ikkinchi selfi kamera Nord 2 5G'dan olib tashlangan.

Shuningdek, smartfon hech qanday rasmiy IP sertifikatiga ega emasligi biroz tushunarsiz holat.

Qadoq tarkibi

Smartfon qutisi juda chiroyli. Qutidan 65 vattlik quvvatlash adapteri, USB-C kabeli hamda shaffof silikon g‘ilof o‘rin olgan.

Foto: GSMArena

Fransiyalik foydalanuvchilar uchun smartfon qadoq tarikibida quloqchinlar ham bo‘ladi. Chunki kompaniya qonunga ko‘ra quloqchinlarni ham qadoq tarkibiga qo‘shishi kerak.

Shuningdek, turli xil qirilishlarni oldini olish maqsadida, kompaniya smartfon displeyiga yupqa plastik himoyalagich ham o‘rnatgan.

O‘QING: OnePlus 9 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.