OnePlus Nord CE 2 5G smartfoni taqdim etildi

OnePlus Nord CE 2 5G smartfoni taqdim etildi

Bundan yarim yil vaqt oldin OnePlus o‘zining Nord 2 5G smartfonini taqdim etgan edi. Nord CE 5G esa birinchi Nord qurilmasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri davomichisi edi. 

Endi kompaniya Nord 2 modelining asosiy xususiyatlarini yangi qurilmaga qayta qadoqladi. OnePlus Nord CE 2 5G, bu yerda CE so‘zi “Core Edition“ ma’nosini bildiradi — Nord 2 5G'ning yangilangan versiyasi hisoblanadi. 

Qurilma Nord 2 kabi 90Hz ekran yangilanish chastotasida ishlovchi 6.43 dyuymli AMOLED displeyi hamda 65 vattda quvvat oluvchi 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. 

Yangilik sifatida unga Dimensity 900 chipi va yangi kameralar o‘rnatilgan. Shuningdek, Nord 2 modelidan farqli o‘laroq yangi modelga microSD uyasi va 3.5 mm audio jek o‘rnatilgan. Qolaversa, korpus qalinligi ham 7.8 millimetrga qisqargan. 

Qurilmaga 64MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera hamda 2MP makro kameraga ega. Old paneldagi selfi kameraning rezolyutsiyasi 16 megapikseldan 32 megapikselga oshgan. 

Smartfondagi MediaTek Dimensity 900 chipi 6/8GB tezkor hamda 128GB doimiy xotiraga ega. Xotirani microSD kartasi bilan kengaytirish mumkin. Qurilma Android 12 operatsion tizimiga asoslangan OxygenOS 11.3 grafik qobig‘ida ishlaydi. 

OnePlus Nord CE 2 5G smartfoni Gray Mirror hamda Bahama Blue ranglarda taqdim etildi. Uning narxi (6/128GB) 349 yevrodan boshlanadi. 22-fevral sanasida smartfon Hindistonda sotuvga chiqadi. 10-martdan esa Yevropada sotilishini boshlaydi. 

O‘QING: Red Magic 7 va Red Magic 7 Pro smartfonlari taqdim etildi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.