OnePlus Nord CE 2 Lite 5G smartfoni chiqmoqda

OnePlus Nord CE 2 Lite 5G smartfoni chiqmoqda

OnePlus kompaniyasi OnePlus Nord CE 2 smartfonini taqdim etishi haqida avvalroq xabar berilgan edi. Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu smartfon bilan uning yanada oddiyroq versiyasi - OnePlus Nord CE 2 Lite 5G modeli taqdim etiladi. 

Qurilma FullHD+ rezolyusiyadagi 6.59 dyuymli displey, Snapdragon 695 chipi, 33 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator, 6/8GB tezkor hamda 128/256GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. 

Kamera haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, smartfonning orqa panelidan 64MP, 2MP va 2MP kameralar hamda old paneldan 16MP selfi kamera o‘rin oladi. 

Nord CE 2 Lite 5G modeli 11-fevral sanasida Nord CE 2 bilan birga taqdim etilishi mumkin. Uning narxi 300 dollardan kam bo‘lishi aytilmoqda. 

O‘QING: realme 9 Pro va realme 9 Pro+ modellarining narxi hamda sotuvga chiqish sanasi ma’lum bo‘ldi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!