OnePlus Nord CE 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

OnePlus Nord CE 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

OnePlus Nord CE 5G smartfoni — yangi o‘rta toifa qotili; har holda, OnePlus shunday deb reklama qilmoqda. Va bu chindan ham haqiqatdan yiroq emas.

O‘QING: OnePlus 9'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Nord CE original Nord'ning davomchisi emas. Smartfon nomidagi CE harflari «Core Edition» («Yadro talqin») jumlasining qisqartmasi. Qurilma o‘tgan yilgi Nord'ning bir qator asosiy texnik xususiyatlarini saqlab qolgan, jumladan, dizaynni. Ikkala smartfonni bir qarashda deyarli farqlashning imkoni yo‘q. Shu boisdan ham, Nord CE modeli Nord'ning o‘rnini bosish emas, balkim unga hamroh bo‘lish uchun yaratilgan.

 OnePlus Nord CE 5G300 yevro narxga ega smartfon kuchli raqobatni yuzaga ketiradi va uning texnik tomonlari ham ko‘zni quvontiradi. Smartfon yorqin, 90Hz OLED displey va kompetent bo‘lgan Snapdragon 750G chipsetiga ega. Bazaviy ichki xotira hajmi esa 128GBni tashkil etadi.

Nord CE smartfonining eng xaridorbop jihatlaridan biri uning ixcham va yengilligidir. 6,43 dyuym diagonalli displeyga ega qurilmani kompakt deb atash mumkin. Qalinligi esa 8 mm dan ham kamroq. Vazni — 170 gramm.

OnePlus Nord CE 5G'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 159.2x73.5x7.9 mm, 170 g; old panel shishadan, orqa panel va rom plastikdan ishlangan.

> Chipset: Qualcomm SM7225 Snapdragon 750G 5G (8 nm): sakkiz yadroli (2x2.2 GHz Kryo 570 & 6x1.8 GHz Kryo 570); Adreno 619

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, OxygenOS 11.

> Orqa kamera: •Keng (asosiy): 64 MP, f/1.8, 26mm, 0.7µm, PDAF; •Ultrakeng: 8 MP, f/2.3, 119˚; •Sath: 2 MP, f/2.4.

> Old kamera: 16 MP, f/2.5, (keng), 1/3.0“, 1.0µm.

> Video yozuv: •Orqa kamera: 4K@30 kadr/sek., 1080p@30/60/120 kadr/sek., giro-EIS; •Old kamera: 1080p@30/60 kadr/sek.

> Akkumulyator: 4,500 mAs; 30 vatt tezkor quvvatlash, 30 daqiqada 70% (reklamaga ko‘ra).

> Boshqa: barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik); NFC; 3.5 audio jek.

OnePlus'dagilar smartfonga maqtashga arzigulik 4,500 mAs sig‘imli akkumulyatorni joylashtira olgan va Warp Charge 30T Plus deb nomlanuvchi 30 vattli tezkor quvvatlash imkomiyatini ham taqdim etgan.

Kameralarga kelsak, Nord CE 64MP asosiy va ikkilamchi 8MP ultrakeng kameraga eha. Uchinchi kamera sath ma’lumotlarini olish vazifasini bajaradi; maxsus makroobektiv esa mavjud emas. Shunday bo‘lsa ham, makro kamera yo‘qligidan shikoyat qilmasak ham bo‘ladi, chunki bu narx toifasidagi smartfonga qo‘yilgan makro kameraning kamera jamlanmasiga qo‘shadigan hissasi sezilari bo‘lmaydi.

Texnik jihatlari ro‘yxatiga qarab xulosa qilish mumkinki, Nord CE 5G har tomonlama kuchli xususiyatlarga ega — ro‘yxatdan biror bir muhim element tushirib qoldirilmagan.

Qadoq tarkibi
Smartfon standart qadoq idishda sotiladi. Qadoq tarkibidan odatiy foydalanuvchi yo‘riqnomasi, 30 vatt nominalli quvvatlagich, USB-A ga USB-C kabeli va shaffof g‘ilof o‘rin egallagan.

O‘QING: OnePlus N10 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz