OnePlus Nord N10 5G chiqdi: flagman dizaynida yap-yangi chipli hamyonbop smartfon

  •   DiMaX
  •  820
  •  27.10.2020 11:15

OnePlus Nord N10 5G chiqdi: flagman dizaynida yap-yangi chipli hamyonbop smartfon

«Aslo qotmas» shiori bilan smartfonlar chiqaruvchi OnePlus kompaniyasi 26 oktbyar kuni ikkita yangi modelini taqdim etdi. Hozir ulardan biri – OnePlus Nord N10 5G bilan tanishamiz.

O‘QING: iPhone 12’lar tezkorlik testida Galaxy Note 20 Ultra, OnePlus 8T, Google Pixel 5 va ROG Phone 3’ni yer tishlatdi!

O‘rta narx toifasiga mansub OnePlus Nord N10 5G modeli dizayniga ko‘ra avvalroq namoyish etilgan flagman – OnePlus 8T qurilmasiga o‘xshash. Lekin korpusi plastikdan ishlangan, 6,49 dyuymlik ekrani ham IPS matritsali. Unda kdr yangilanish chastotasi 90 gerslik, tasvir uzatishi FHD+ formatida. Displeyning yuqori chap burchagida 16 megapiksellik old kamera uchun tirqish o‘yilgan.

OnePlus Nord N10 5G bosh kamerasi esa to‘rtburchak blokka «L» shaklida joylangan to‘rtta moduldan iborat. Ulardan asosiy datchik 64 megapiksellik bo‘lsa, ikkinchi – 13 MPligi keng burchakli ob’yektiv bilan taqdim etilgan. Makrokamera hamda monoxrom sensorlar 2 megapiksellik aniqlikda.

Kompaniya mazkur smartfonini yangi – Qualcomm Snapdragon 690 chipseti bazasida ishlab chiqqan. Mazkur protsessor 8 nanometrlik texnologik jarayonga asoslanadi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ikkita Cortex-A77, oltita Cortex-A55 yadrolari, X51 rusumli 5G-modem, Adreno 619L grafik tezlatgichi.

OnePlus Nord N10 5G xotira konfiguratsiyasiga ko‘ra faqat bir xil – 6 gigabaytlik ichki va 128 gigabaytlik doimiy xotira bilan taklif etildi.

Bu smartfon korpusida orqa panelga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri, microSD xotira kartasi uchun slot, stereodinamiklar, USB-C porti hamda quloqchin tirqishi mavjud. Batareyasining tok sig‘imi 4300 mA/soatlik bo‘lib, 30 vattlik Warp Charge tezkor quvvatlash texnologiyasi joriy etilgan.

OnePlus Nord N10 5G modeli Android 10 operatsion tizimi ustiga qurilgan Oxygen OS 10.5 grafik qobig‘i bilan chiqqan, uning Android 11 talqinigacha yangilanish vaqti aytilmagan.

Yevropa bozoriga bu gadjet 10 noyabrda chiqadi, OnePlus uning uchun 349 yevro (Angliyada – 329 funt sterling) so‘rayapti.

O‘QING: Xiaomi va Samsung’dan keyin OnePlus ham Apple’ni kalaka qilyapti

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.