OnePlus o'zining ilk buklamafonini qachon chiqarishini ma'lum qildi!

OnePlus o'zining ilk buklamafonini qachon chiqarishini ma'lum qildi!

Apple va Google kabi texnogigant kompaniyalar o'zining buklanadigan smartfonini "ana chiqaradi, mana chiqaradi" deb mish-mish bo'layotgan bir vaqtda, Oppo qaramog'i ostidagi OnePlus brendi rasman tez orada o'zining buklamafonini chiqarishini e'lon qildi.

Bu yilgi Mobil Jahon Kongressi noan'anaviy shakldagi smartfonlar uchun haqiqiy bayramga aylandi va OnePlus bu bayramga qo'shilgan eng so'nggi kompaniya bo'lmoqda. Oppo qaramog'idagi brend kecha o'zining ilk buklamafonini 2023-yilning ikkinchi yarim yilligida chiqarishini ma'lum qildi.

"Bizning birinchi buklanadigan telefonimiz eng tez va silliq tajribaga ega bo'ladi. Bu sanoat dizayni, mexanik texnologiyasi va boshqa jihatlari bo'yicha yig'iladigan shakli bilan o'zgarmas flagman telefon bo'lishi kerak", – deydi OnePlus kompaniyasi prezidenti va bosh direktori Kinder Liu Butunjahon mobil kongressida.

Ma'lum bo'lishicha, OnePlus'ning ilk buklamafoni ko'proq kitob shaklida ochilib-yopiladigan bo'ladi, ya'ni u Galaxy Z Fold bilan raqobatlasha oladigan bo'ladi. Bu yangi qurilma bo'ladimi yoki Oppo Find N2'ning o'zgartirilgan va rebrendlangan versiyasi bo'ladimi, bu hozircha noma'lum. Gap shundaki, Oppo kompaniyasi hozirda o'zining ikkinchi avlod buklamafonlari, Find N2 va Find N2 Flip qurilmalarini sotmoqda, faqat Xitoyda.

Afsuski, OnePlus o'zining bo'lajak buklamafoni loaqal suratini ham ulashmadi.

O'QING: Nothing Phone 2 smartfoni Snapdragon 8 Gen seriyasidagi chipset bilan jihozlanadi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.