OnePlus TV taqdimot kuni, xususiyatlari va narxi ma’lum bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  670
  •  26.08.2019 11:54

OnePlus TV taqdimot kuni, xususiyatlari va narxi ma’lum bo‘ldi

«Flagmanlar kushandalari»ni taqdim etib kelayotgan xitoylik kompaniya o‘zining OnePlus TV nomli smart-televizorlarini tayyorlayotgani haqida avval xabar bergandik. Endi esa ushbu turkumga kiruvchi modellardan biri haqida ma’lumotlar tarqaldi.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: 5G modemli ilk 8K-televizor chiqyapti!

Google Play Developer Console saytida mazkur qurilmaning kodli nomi Dosa bo‘lgan, Hindiston bozoriga mo‘ljallangan versiyasi «ko‘zga tashlandi». U yerdagi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu «aqlli» televizor MediaTek MT5670 protsessori bazasida ishlaydi. Mazkur chipset esa takt chastotasi 1.5 GGs bo‘lgan ikkita yadroni hamda Mali G51 videotezlatgichini o‘z ichiga olgan. OnePlus TV samaradorligini ta’minlashda unga 3 gigabaytlik tezkor xotira hamrohlik qiladi.

OnePlus TV ekranining tasvir aniqligi Full HD formatida bo‘lishi ko‘rsatilgan. Biroq, manbaning ta’kidlashicha, televizorda baribir OLED-matritsali 4K-panel qo‘llanadi. Operatsion tizim tariqasida Android 9 Pie tanlangan, kompaniya ishlab chiqqan grafik qobiq ham bo‘ladi.

Kompaniya o‘zining smart-televizorlarini roppa-rosa bir oydan so‘ng – 26 sentyabr kuni Hindistonda rasman namoyish etadi. Ularning narxlari 500-700 AQSh dollari oralig‘ida bo‘lishi aytilmoqda. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa turli televizorlarni 1 045 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: Televizorni tekshirib xarid qiling

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!