OnePlus'dan chegirmalar: smartfon narxlari sezilarli darajada arzonlashgan

OnePlus'dan chegirmalar: smartfon narxlari sezilarli darajada arzonlashgan

OnePlus kompaniya o‘z smartfonlariga chegirma berishni boshladi. Bu haqida GSMArena xabar bermoqda. Smartfonlarni kompaniyaning rasmiy veb sahifadan sotib olish mumkin. 

OnePlus'da 9 Pro smartfoni 150 yevro narxga arzonlagan. Uning narxi aslida 899 yevroni tashkil qilar edi. Hozirda uni 749 yevro evaziga sotib olish mumkin. 

O‘z navbatida, OnePlus 9'ning narxi ham 100 yevroga pastlagan. Ayni vaqtda uni 599 yevro evziga sotib olish imkoni mavjud. 

Eng katta chegirma OnePlus 8T smartfoniga berilgan bo‘lib, ushbu smartfonni hozirda asl narxidan 200 yevro arzonroqqa sotib olish mumkin. Uning narxi hozirda 399 yevroni tashkil qiladi. 

Bu faqat boshlanishi, bir haftadan keyin Mystery Box sotuvi bo‘lib o‘tadi. Sahifdagi suratga ko‘ra, unda kompaniya OnePlus simsiz quloqchinlari hamda simsiz quvvatlagichlarni sotishni rejalashtirgan. 

Chegirmalar berish jarayoni bir oy davom etadi. 15-19 noyabr sanasi oralig‘ida esa kompaniya o‘z mahsulotlariga 250 yevrolik chegirma berishni rejalashtirgan. 

O‘QING: 12/256GB xotiraga ega bo‘lgan ommabop Redmi smartfonining narxi rekord darajada pastladi