OnePlus’ning yana bitta arzon smartfoni Geekbench’da qo‘lga tushdi!

  •   DiMaX
  •  717
  •  05.09.2020 14:50

OnePlus’ning yana bitta arzon smartfoni Geekbench’da qo‘lga tushdi!

«Flagmanlar kushandalari»ni taqdim etib kelayotgan kompaniya avvalroq hamyonbop OnePlus Nord modelini taqdim etgan. Lekin endi u yanada arzon modellarni bozorga chiqarishga tayyorgarlik ko‘ryapti. Jumladan...

O‘QING: OnePlus kompaniyasi «Gazak» va «Lag‘mon» ortidan endi «Kabob» tayyorlayapti!

OnePlus tayyorlayotgan arzon smartfonlardan biri Bengal (Be2012) kodli nomi ostida Geekbench servisida tekshirib ko‘rilgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur qurilma yakka yadroli sinovda 245 ball, barcha yadrolarini ishlatganida esa 1174 ballik natija ko‘rsatgan.

OnePlus Bengal apparat ta’minoti asosini 4 gigabaytlik tezkor xotira hamda Qualcomm mahsuloti bo‘lgan protsessorlardan biri tashkil etadi. Chipsetning modeli noma’lum, aftidan, bu Snapdragon 400 yoki 600-seriyasidagi biror protsessor bo‘lsa kerak.

Benchmarkdagi natijasi va asosiy xususiyatlariga qarab, bu smartfonning arzon model bo‘lishini payqash qiyin emas. Lekin uning Android 10 operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydigan ekanligi qiziq. Sababi – Bengal bu oyda chiqmasligi aniq, oktyabrda taqdim etilsa ham katta gap. Ungacha esa Android 11 operatsion tizimi yangi modellarga o‘rnatish uchun topshirilib ulgurgan bo‘ladi.

OnePlus Bengal’dan oldin – sentyabrda esa, «Aslo qotmas» smartfonlar tayyorlovchi xitoylik bu kompaniya atigi 200 dollarga naq 6000 ma/soatlik batareyaga ega OnePlus Clover modelini taqdim etadi!

O‘QING: O‘rta narxli o‘nta eng zo‘r smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil avgust)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!