Ongni o‘quvchi kichik sensorlar yaratildi

Ongni o‘quvchi kichik sensorlar yaratildi

Ongni o‘quvchi nanosensorlarga NeuroSWARM3 nomi berilgan. Ular miyadagi qon-miya to‘sig‘ini kesib o‘tishi, shuningdek, asab faoliyatini elektr signallariga aylantirishi mumkin. Buning yordamida ongni o‘qish va talqin qilish mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Chaqaloqqa «ideal» ismni endi sun’iy ong tanlab beradi!

Olimlarning ta’kidlashicha, nanosensorlar odamlarga, masalan, ekzoskeletlarni boshqarish imkoniyatini beradi. To‘laqonli neyrokompyuter interfeysini yaratish ham mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, shifokorlar biosensor yordamida bemorlardagi asab tizimi kasalliklarining dastlabki belgilarini kuzatishi mumkin.

Sinovlar paytida nanosensorlar individual miya hujayralarining faoliyatini aniqlash uchun yetarlicha sezgirlik ko‘rsatdi.

Olimlarning ta’kidlashicha, ushbu texnologiya rivojlanishning birinchi bosqichida bo‘lsa ham, uning potensiali juda katta.

O‘QING: «Yelena» – «sun’iy ong»li virtual teleboshlovchini qarshi oling! (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.