Onlayn audio tinglaganda qancha megabaytingiz ketadi?

  •   DiMaX
  •  1059
  •  11.08.2020 11:57

Onlayn audio tinglaganda qancha megabaytingiz ketadi?

Internet rivojlanishi barobarida onlayn servislar ham ommalashib bormoqda va shu yo‘nalishlardan biri – striming xizmatlaridir. Bu – audio yoki videoni bevosita internet orqali uzatish texnologiyasidir.

O‘QING: Google ommabop servisining «dafn etilish» vaqtini e’lon qildi

Xo‘sh, smartfon orqali internetdan audio (musiqa, qo‘shiq, audiokitob, ovozli xabar...) tinglaganda necha megabayt ketishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Android Authority nashri tahririyati shuni maxsus o‘rganib chiqib, audiostriming jarayonida qancha trafik sarflanishini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, audio uzatilish sifati (bitreyti) bilan bog‘liq holda, strimingda quyidagicha trafik talab etiladi:

  1. Past sifat (95 Kb/soniyalik bitreyt) – daqiqasiga 0,72 MB yoki soatiga 43,2 MB.
  2. O‘rtacha sifat (160 Kb/soniyalik bitreyt) – daqiqasiga 1,2 MB yoki soatiga 72 MB.
  3. Yuqori sifat (320 Kb/soniyalik bitreyt) – daqiqasiga 2,4 MB yoki soatiga 115,2 MB.

Aytish kerakki, bular – o‘rtacha ko‘rsatkichlardir, ya’ni saytning va audioning xususiyatlariga ko‘ra sarflanuvchi trafik hajmi bundan sal farqlanishi mumkin.

Ayrim servislar striming jarayonida tovushning sifatini internet tezligidan kelib chiqib avtomatik sozlaydi. Aksariyat hollarda esa bu parametrni sozlash foydalnuvchining ixtiyoriga havola etiladi.

O‘QING: YouTube tomosha qilayotib, megabaytingizni 15 baravar tejash yo‘li bor!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!