«Online-maktab» va «Online-bog‘cha» televizion videodarslari ish boshladi

  •   DiMaX
  •  3337
  •  28.03.2020 12:42

«Online-maktab» va «Online-bog‘cha» televizion videodarslari ish boshladi

O‘zbekistonda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash doirasida yana beshta ommabop telekanal ochiq rejimda namoyish etilmoqda. Endi esa televizion videodarslar ham test rejimida ish boshladi, deb yozadi AKT vazirligi.

O‘QING: RASMAN: Internet va telefon ikki oygacha o‘chmasligi kimlarga taalluqli?

Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Xalq ta’limi vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi hamkorlikda tayyorlovchi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga «Online-maktab» va «Online-bog‘cha» rukni bilan tashkil etiladigan televizion videodarslarni barchaga sifatli yetkazishni ta’minlashni maqsad qilishgan.

Shu boisdan «Uzdigital TV» MChJ, «O‘zbekiston Kabel Televideniyesi» MChJ, kabel va efir kabel televideniye hamda IP-televideniye tarmoqlari operator va provayderlari tarmoqlaridagi tijorat asosida tarqatilayotgan 4 ta xorijiy telekanal o‘rniga, shuningdek Yer sun’iy yo‘ldoshi orqali uzoq va borish qiyin aholi punktlarida o‘rnatilgan kam quvvatli teleuzatkichlar orqali qo‘shimcha kanallar shaklida 4 ta televizion kanal orqali ochiq holda bepul asosda tarqatilishi tashkillashtirildi.

Televizion videodarslarni:

«Uzdigital TV» MChJ abonentlari National Geographic, Eurosport, «Oxota i Ribalka», Muz TV telekanallari o‘rniga tomosha qilishlari mumkin;

Kabel televideniye hamda IP-televideniye abonentlari RU.TV, «Muzika Pervogo», Fashion TV, TVS telekanallari o‘rniga tomosha qilishlari mumkin.

O‘QING: Uyingizda Wi-Fi tezligi pastmi? Ekspertlar aybdorlarni topishdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.