Online Open Sessions – karantin vaqtida IT-Parkdan yangi qiziqarli loyiha!

  •   DiMaX
  •  354
  •  02.04.2020 10:05

Online Open Sessions – karantin vaqtida IT-Parkdan yangi qiziqarli loyiha!

Respublikamiz aholisini koronavirus xavfidan himoya qilish, uning iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘ladigan salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda tizimdagi korxonalar ham bunga jiddiy kirishgan, deyiladi vazirlik xabarida.

O‘QING: Telegram’da koronavirus haqida yolg‘on tarqatgan deputatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Xususan, IT-Park yangi «Online Open Sessions» loyihasini ishga tushirdi. Mazkur loyiha onlayn tarzda o‘tkazilayotgan videokonferensiya bo‘lib, unga O‘zbekiston, Hindiston, Rossiya va boshqa davlatlardan taniqli va nufuzli IT-mutaxassislar hamda startapchilar jalb qilingan.

Dasturda o‘rin olgan ma’ruzalarida qo‘yidagi dolzarb masalalar o‘rin olgan: startaplarga ko‘mak berish va rivojlantirish, venchur moliyalashtirish, axborot texnologiyalari va menedjment.

Onlayn-ma’ruzalarning dasturi va jadvali:

  1. Mavzu: «Mahsulotni qanday «o‘lchash» mumkin?». Spiker: Bobir Nurmuxammedov. Sanasi: 01.04.2020. Vaqti: 18:30;
  2. Mavzu: «Growth Hacking». Spiker: Bobur Nurmuxammedov. Sanasi: 03.04.2020. Vaqti: 18:30;
  3. Mavzu: «Online Open Pitch». Spikerlar: startapchilar. Sanasi: 04.04.2020. Vaqti: 11:00;
  4. Mavzu: «How the market works and how to indentify it». Spiker: iCreate vakili (Hindiston). Sanasi: 06.04.2020. Vaqti: 18:30 (dastlabki ko‘rsatilgan);
  5. Mavzu: «Startup Advice». Spiker: Abdulaxad Kuchkarov. Sanasi: 07.04.2020. Vaqti: 16:00;
  6. Mavzu: «Methodology of CustDev». Spiker: iCreate vakili (Hindiston). Sanasi: 10.04.2020. Vaqti: 18:30 (dastlabki ko‘rsatilgan);
  7. Mavzu: «Online Open Pitch». Spikerlar: startapchilar. Sanasi: 11.04.2020. Vaqti: 11:00;
  8. Mavzu: «Creating a Business Model Canvas». Spiker: iCreate vakili (Hindiston). Sanasi: 13.04.2020. Vaqti: 18:30 (dastlabki ko‘rsatilgan);
  9. Mavzu: «Startup Advice». Spiker: Abdulaxad Kuchkarov. Sanasi: 14.04. Vaqti: 16:00;
  10. Mavzu: «Startup’s Financial Mechanics». Spiker: iCreate vakili (Hindiston). Sanasi: 17.04.2020. Vaqti: 18:30 (dastlabki ko‘rsatilgan);
  11. Mavzu: «Online Open Pitch». Spikerlar: startapchilar. Sanasi: 18.04.2020. Vaqti: 11:00;
  12. Mavzu: «Startup Advice». Spiker: Abdulaxad Kuchkarov. Sanasi: 21.04.2020. Vaqti: 16:00;
  13. Mavzu: «Digital Marketing». Spiker: Aleksandr Solovyov (Qmarketing, Rossiya). Sanasi: 23.04.2020. Vaqti: 18:30;
  14. Mavzu: «Online Open Pitch». Spikerlar: startapchilar. Sanasi: 25.04.2020. Vaqti: 11:00;
  15. Mavzu: «Startup Advice». Spiker: Abdulaxad Kuchkarov. Sanasi: 28.04.2020. Vaqti: 16:00;
  16. Mavzu: «Customer Development». Spiker: Danil Konovalov (Internet-tashabbuslarni rivojlantirish Jamg‘armasi eksperti, Rossiya). Sanasi: 29:04. Vaqti: 18:30.

Ma’ruzalar Zoom platformasi orqali amalga oshirilmoqda. Agarda siz Online Open Sessions’da ishtirok etishni xohlasangiz, unda quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://forms.gle/yZ79Z9oGDJ1ibUBV6.

O‘QING: Bir million dasturchi qanday tayyorlanadi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.