«O‘nta qo‘y nima bo‘ladi!?» – Samsung yana kamida to‘rtta modelda Galaxy A smartfoni tayyorlayapti

  •   DiMaX
  •  4478
  •  16.05.2019 11:29

«O‘nta qo‘y nima bo‘ladi!?» – Samsung yana kamida to‘rtta modelda Galaxy A smartfoni tayyorlayapti

Samsung kompaniyasi yangilangan Galaxy A turkumida hozirgacha to‘qqizta modelda smartfon taqdim etgan: Galaxy A10, A20, A20e, A30, A40, A50, A60, A70 va A80. Lekin u yaxshi sotilayotgan mazkur lineykani yanada kengaytirmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: Samsung o‘z rekordini yangiladi: Galaxy A smartfonlari zo‘r ketyapti!

Insayderlar tayyorlanayotgan modellarning faqat katalog raqamlarinigina oshkor etishgan: SM-A107F, SM-A507F, SM-A707F va SM-A907F. Bozorga ular qanaqa nom bilan taqdim etilishi hozircha aniq emas, lekin dastlabki uchtasi tegishlicha Galaxy A10e, A50e va A70e modellari sifatida chiqarilsa kerak. Oxirgisi esa mazkur turkumning flagmani – Galaxy A90 bo‘lishi ehtimoli ko‘proq. Eslasangiz kerak, Galaxy A80 modelini dastlab shu nom bilan chiqarishmoqchi bo‘lishgani, keyin boshqacha atalganini aytishgan.

Xabarga ko‘ra, SM-A707F va SM-A907F katalog raqamlari ostidagi qurilmalar 128 gigabaytlik, A507F esa 64 gigabaytlik doimiy xotiraga ega, biroq boshqa modifikatsiyalari ham bo‘lishi mumkin. Shuningdek, bu uchta smartfon kamida ikki xil – oq va qora korpuslarda taklif etiladi.

SM-A107F katalog raqamli «kichkintoy» smartfonni esa ko‘proq – qizil, yashil, moviy va ranglarda bozorga chiqarishadi. Uning ichki xotirasi 32 gigabaytlik bo‘lishi aytilmoqda. Bundan tashqari, SM-A107F avvalroq Geekbench servisi bazasida MediaTek Helio P22 chipi bilan «qo‘lga tushgan». Ya’ni, ushbu model yangilangan Galaxy A turkumining MediaTek platformali ilk vakili bo‘layotir.

Yuqoridagi modellarning boshqa xususiyatlari, namoyish vaqti va narxi haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Samsung kompaniyasining allaqachon bozorga chiqargan turli rusumlardagi telefonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan 451 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga sotib olish imkoni bor.

O‘QING: Galaxy S10+ 5G bilan bellashuvchi Galaxy A70 ham Terashop.uz’ga yetib keldi! Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 7 may)