«Open Data Challenge» Xakatonida ishtirok etasizmi?

  •   DiMaX
  •  799
  •  28.11.2017 17:08

«Open Data Challenge» Xakatonida ishtirok etasizmi?

«Open Data Challenge» ilovalarni, ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda, ishlab chiqish bo‘yicha tanlov tashkilotchilari 2017 yilning 10 noyabridan boshlab ishtirokchilardan arizalar qabul qilishni boshladi. Bu to‘g‘rida Toshkent shahridagi Inha universiteti sayti xabar bermoqda.

«Open Data Challenge» – bu ochiq hukumat ma’lumotlariga asoslangan mahsulotlarni tez ishlab chiqish bo‘yicha musobaqa bo‘lib, u O‘zbekiston uchun nisbatan yangi bo‘lgan ochiq ma’lumotlar g‘oyasini targ‘ib etishga qaratilgan.

Xakatonning asosiy vazifasi Ochiq ma’lumotlar portali (data.gov.uz) va O‘zbekiston davlat organlari veb-saytlarida joylashtirilgan hamda xususiy sektor tomonidan taqdim etilgan ochiq ma’lumotlar orasida ijtimoiy va innovatsion ilovalar va xizmatlar yaratishdir.

O‘QING: Android dasturlash – Mobil Taraqqiyot

Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, O‘zbekistondagi BMTTD vakolatxonasi, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, «Elektron Hukumat» tizimini rivojlantirish markazi va «UZINFOCOM» markazlari tomonidan tashkil etildi.

«Open Data Challenge» Xakatonida ishtirok etishni istaganlar 2017 yilning 24 noyabr kuniga qadar https://data.gov.uz/uz/hackathon/register saytida ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Xakatonning asosiy tadbirlari 2017 yilning 30 noyabridan 3 dekabriga qadar Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida bo‘lib o‘tadi. 2017 yilning 30 noyabr va 1 dekabr kunlari Xakaton ishtirokchilari taklif etilgan mutaxassislar o‘tkazadigan turli trening va master-klasslarda ishtirok etadilar.

O‘QING: «Oq xakerlik»ni o‘rganish uchun 6 ta eng yaxshi resurs

2 va 3 dekabr kunlari trening va master klasslarda olgan bilimlari va takliflar, hamda ochiq ma’lumotlar asosida o‘z loyihalarini yaratadilar. Konkurs hakamlar hay’ati loyihalarni o‘rganib chiqadi va uch nominiatsiya asosida g‘oliblarni aniqlaydi:

  • Ochiq ma’lumotlarda asoslangan eng yaxshi ijtimoiy loyiha (mobil yoki veb ilova, xizmat, messenjerlar yoki ijtimoiy tarmoqlar uchun botlar, ma’lumot yig‘uvchi, qayta ishlovchi va taqdim etuvchi uskunalar);
  • Ochiq ma’lumotlarda asoslangan eng yaxshi biznes loyiha (mobil yoki veb ilova, xizmat, messenjerlar yoki ijtimoiy tarmoqlar uchun botlar, ma’lumot yig‘uvchi, qayta ishlovchi va taqdim etuvchi uskunalar);
  • Xakatonning eng innovatsion loyihasi.

Birinchi ikki nominatsiyada g‘oliblar yakka va jamoaviy tarkibda aniqlanadi. Xakatonning eng innovatsion loyihasini g‘olibi Xakatonga taqdim etilgan yechimlar orasidan tanlab olinadi.

Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi 2017 yilning 16 dekabr kuni bo‘lib o‘tdi.

«Open Data Challenge»ning ijtimoiy tarmoqlardagi kanallari:

Facebook - http://fb.me/OpenDataChallenge

Telegram - https://t.me/OpenDataChallenge