Opera brauzeridagi bepul VPN’dan foydalanish bo‘yicha batafsil qo‘llanma

  •   DiMaX
  •  2711
  •  11.02.2019 12:58

Opera brauzeridagi bepul VPN’dan foydalanish bo‘yicha batafsil qo‘llanma

Opera Software kompaniyasi Android-qurilmalarga VPN xizmatini qaytarayotganligi haqida kuni kecha yozgandik. Biroq muxlislarimizning murojaatlaridan biz ayrim anglashilmovchiliklar yuzaga kelayotganini payqadik va ushbu xizmatdan foydalanish yo‘lini qadam-baqadam tushuntirib berishga qaror qildik.

O‘QING: EHTIYoT BO‘LING: bepul VPN’larning yarmidan ko‘pi xavfli ekanligi aniqlandi!

Gap shundaki, o‘sha xabarimizda ham yozganimizdek, Opera brauzeridagi VPN funksiyasi hozircha sinov bosqichida bo‘lib, turli hududlardagi foydalanuvchilar uchun bosqichma-bosqich taqdim etiladi. Ushbu imkoniyatdan hoziroq foydalanish uchun esa mazkur ilovaning beta versiyasini ishlatishga va unda VPN funksiyasini faollashtirishga to‘g‘ri keladi. Buni esa quyidagicha amalga oshiramiz.

  1. Smartfonda Google Play ilovalar katalogini ochamiz va undagi «Beta-versii» varaqasini tanlaymiz:

  1. Shu yerdan Opera Beta brauzerini topamiz va o‘rnatib olamiz (havola):

  1. Opera ilovasini ochib, bosh sahifasidagi pastki o‘ng burchakdagi qizil «O» tugmachasini bosish orqali menyuni ochamiz. Uning sozlamalari – «Nastroyki»ga kirib, maxfiy varaqalar uchun VPN’ni faollashtiramiz:

  1. Brauzerning bosh sahifasiga qaytib, yangi maxfiy varaqa («Privatnaya vkladka» ochamiz va u yerdagi VPN sozlamalariga kiramiz. Bunda endi nafaqat maxfiy, balki oddiy varaqalar uchun ham VPN funksiyasini faollashtiramiz:

Bo‘ldi, endi sizga boshqa VPN servisining keragi yo‘q – saytlarga Opera Beta brauzeri orqali bemalol kiraverasiz!

O‘QING: O‘zbekistonda ilk bor: internet-provayder Facebook va YouTube’ni VPN’siz ochuvchi xizmat taklif etmoqda!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!