Operator 18 aprelgacha sovg‘alar beryapti – orasidan o‘zingiz bepul tanlang!

  •   DiMaX
  •  1489
  •  15.04.2021 15:29

Operator 18 aprelgacha sovg‘alar beryapti – orasidan o‘zingiz bepul tanlang!

Uzmobile uyali aloqa operatori GSM tarmog‘ining ishga tushirilishining 6 yilligi munosabati bilan UZTELECOM o‘z abonentlari uchun bayram aksiyasini taqdim etadi! Har bir GSM abonenti o‘ziga kerakli sovg‘ani BEPUL tarzda tanlashi mumkin, deyiladi «O‘zbektelekom» aksionerlik jamiyati xabarida.

O‘QING: Mobil operatordan «BAHORGI ChEGIRMALAR» aksiyasi: 80 foizgacha tejang!

Kompaniya bugun muhim kunni – GSM standarti ishga tushirilishining 6 yilligini nishonlamoqda. Ushbu muhim sana munosabati bilan Kompaniya «UZTELECOM GSM 6 yil» bayramona aksiyasini taqdim etadi. Unga ko‘ra har bir abonent daqiqalar va SMS, megabayt yoki UNIT’lar bepul sovg‘a to‘plamlarini tanlash imkoniyatiga ega.

To‘rt kun ichida, ya’ni 2021 yil 15 apreldan 18 aprelgacha Siz quyidagi sovg‘a to‘plamlaridan birini tanlab faollashtirishingiz mumkin:

  • 621 daqiqa + 621 SMS
  • 621 megabayt
  • 621 UNITS

To‘plamlar ulangan vaqtidan boshlab 7 kun davomida amal qiladi. Aksiya davomida abonent faqat 1 to‘plamni ulash imkoniyatiga ega.

O‘QING: Sakkizta tarif rejasida abonent to‘lovi oshmasdan, limitlar ko‘paydi!

Aksiyaning amal qilishi shartlari:

  • jismoniy shaxslar uchun quyidagi tarif rejalari:

«C1», «C2», «C3», «C4», «Salom», «Salom Plus», «Step», «Traffic», «Uzmobile 1200», «Uzmobile 4000», «Konstruktor», «Uzmobile VIP», «Aloqachi», «Yoshlar», «Komfort», «Oddiy 10», «Ishbilarmon» (daqiqalar to‘plamidam tashqari), «Street», «Flash», «Street Upgrade», «Flash Upgrade», «Bolajon», «Ta'lim», «Maktab», «OnLime», «Ezoz», «UNITS» (faqat «6 yil UNITS» to‘plami).

  • yuridik shaxslar uchun quyidagi tarif rejalari:

«C1», «C2», «C3», «C4», «Salom», «Salom Plus», «Step», «Traffic», «Uzmobile 1200», «Uzmobile 4000», «Konstruktor», «Uzmobile VIP», «Komfort», «Oddiy 10», «Ishbilarmon» (daqiqalar to‘plamidam tashqari), «Biznes», «Biznes 500», «Biznes 2000», «Biznes 2500», «Asosiy byudjet», «Byudjet 25», « Byudjet 400», «Byudjet 1500», «Byudjet TAS-IX», «Xizmat 1/2/3», «Business Voice/25/35/50/75», «Ta'lim for corporate».

UNITSlar to‘plamlari faqat UNITS tarif rejalaridagi jismoniy shaxslar uchun amal qiladi.

To‘plamlarni faollashtirish usullari:

Ulangan to‘plamning holatini tekshirish uchun 9999 qisqa raqamiga «1002» matni bilan SMS yuborish yoki *100*2# yoki *107# USSD-buyrug‘ini terish kifoya.

O‘QING: «O‘zbektelekom»dan ikkita xushxabar: eng foydali mobil tarifga ulanish va Wi-Fi router bepul!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!