Operator 40% dan 90%gacha «QAYNOQ CHEGIRMALAR»ni e’lon qildi!

  •   DiMaX
  •  5141
  •  05.08.2020 17:09

Operator 40% dan 90%gacha «QAYNOQ CHEGIRMALAR»ni e’lon qildi!

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasining filiali – Uzmobile uyali aloqa operatori  kuni kecha «Raqam ijarasi» xizmatini taqdim etgan edi. Endi esa u GSM standartidagi abonentlar uchun «OLTIN» raqamlarga «Qaynoq chegirmalar» e’lon qildi.

O‘QING: Mobil aloqa tarmoqlarini modernizatsiyalash loyihasi yakunlandi!

Chiroyli, oson eslab qolinadigan raqamlar sohibi bo‘lish – bu nafaqat hashamat belgisi, balki qulaylik hamdir. Endilikda siz ham arzon narxlarda ishonchli aloqaga ega istagingizdagi «oltin» raqam sohibi bo‘lishingiz mumkin, deyiladi UZTELECOM xabarida.

2020 yilning 5 avgustidan 20 sentyabriga qadar GSM standartidagi quyida ko‘rsatilgan tarif rejalaridan biriga yangi SIM-kartani faollashtirsangiz, siz avtomat ravishda pullik toifadagi chiroyli raqamni katta chegirma asosida xarid qilish imkoniga ega bo‘lasiz! Chegirma ulanayotgan tarif rejasiga qarab belgilanadi. Misol uchun, «Ishbilarmon», «Royal» yoki korporativ mijozlar uchun «Business Royal» tarif rejalariga ulanganda, siz istalgan pullik toifadagi raqamlardan biriga 60% chegirmaga ega bo‘lasiz. «Street Upgrade» tarif rejasining abonenti bo‘lganda esa, XYY-06-66 kabi kombinatsiya ko‘rinishidagi raqamga 90% chegirmani qo‘lga kiritasiz.

«Qaynoq chegirmalar» aksiyasida ham jismoniy shaxslar, ham yuridik shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Aksiyaning muhim shartlaridan biri – «Street», «OnLime», «Flash», «Ishbilarmon», «Royal» tarif rejalaridagi jismoniy shaxslar va «Business voice», «Business 25», «Business 35», «Business 50», «Business 70», «Ishbilarmon», «Business Royal» tarif rejalaridagi yuridik shaxslar chiroyli raqamlarni chegirma bilan sotib olayotganda, o‘z tarif rejalariga ulangan kundan boshlab 6 marta abonent to‘lovi to‘langan davr mobaynida o‘zgartira olmaydilar.

Shuningdek, «Street Upgrade» va «Flash Upgrade» tarif rejalariga ulanish bilan birga chiroyli raqamlarni chegirma bilan sotib olayotganda, abonent o‘z tarif rejasini ulangan kundan boshlab abonent to‘lovi ushlab qolingan 2 to‘langan davr mobaynida o‘zgartira olmaydi.

Batafsil ma’lumot uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: «O‘zbektelekom»ning nayrangini dasturchi fosh etdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.